Pul, aloqa, xaridlar – barchasi bir ilovada | Humans.uz

Pul, aloqa, xaridlar –
barchasi bir ilovada

Biz «Humans» miz. Biz sizning hayotingizni yengilroq qilish uchun mavjudmiz, shuning uchun biz haqqoniy mobil aloqa operatorining bir ilovasi bilan qulay moliyaviy xizmatni birlashtirdik. Bundan tashqari, xizmatlar va xaridlar uchun to’lashni foydali qildik – endi siz har bir narsa uchun darhol keshbek olasiz.

Sizga savdo ofisimizda ikki daqiqa ichida SIM-karta beramiz yoki uni 72 soat ichida kuryer orqali yetkazamiz. O'zbekistonning qayerida bo'lishingizdan qat'i nazar, yetkazib berish bepul bo'ladi.

Humans. Odamlar uchun yaratilgan.

Odamlar uchun yaratilgan

Aloqa

Biz mobil aloqa qanday bo'lishi kerakligi haqidagi tasavvurni o'zgartiramiz. Siz kerakli miqdordagi trafikni o'zingiz tanlashingiz mumkin: kamroq daqiqa va ko'proq gigabayt, yoki ko'proq daqiqa va kamroq gigabayt. Siz trafik paketidan butunlay voz kechishingiz mumkin, yoki aksincha - uch, o'n yoki o'ttiz kunlik cheksiz aloqa xizmatini ulab olishingiz mumkin.Istalgan miqdorda gigabaytlarni xarid qilganingizda, biz sizga cheksiz Telegram’ni sovg’aga beramiz.
Tarifni qanday ulash mumkin?SIM-karta buyurtma qilish

Sevimli dasturdan cheksiz foydalanish

Biz siz uchun noyob narsa yaratdik: O'zbekistonda ilk marotaba messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar, musiqa ilovalari va video-servislarga cheksiz kirish imkonini xarid qilishingiz mumkin. Bu juda oddiy-sevimli ilovaga cheklovlarsiz ulanish va trafik haqida o'ylamaslik.Masalan, 25 000 UZS evaziga bir oy cheklanmagan Instagram va YouTube xizmatlarini ulab olishingiz mumkin.
Aloqa konstruktori

Chiroyli raqam

Humans raqamlari +998 (33) bilan boshlanadi. Siz sayt yoki ilova orqali o'n million raqamdan o'zingizga yoqqanini sotib olishingiz mumkin.Chiroyli raqamni birdaniga yoki bo'lib-bo'lib to'lash, shuningdek undan voz kechib, bepul raqamga o'tib olish mumkin.

Noyob takliflar

Sovg'a sifatida cheksiz Telegram

Sovg'a sifatida cheksiz Telegram

Har qanday miqdorda gigabaytlar xarid qilinganida

Cheksiz qo’ng’iroqlar

Cheksiz qo’ng’iroqlar

Humans tarmog’i ichida

Keshbekni do‘stlar bilan ulashing

Keshbekni do‘stlar bilan ulashing

va 2 karra ko‘proq oling

Odamlar uchun yaratilgan

Pul

Humans O'zbekiston uchun noyob mahsulot - so'm hisobvarag'iga ega bo'lgan VISA to'lov tizimining bank kartasini taqdim qiladi. Ushbu karta nafaqat butun O'zbekistonda, balki chet el mamlakatlarining barchasida qabul qilinadi. Karta orqali internet do'konlarda qilingan xaridlarga qiyinchiliksiz to'lov qilish mumkin.Humans kartasi naqd pul o'rnini butunlay egallashga qodir.Kartani chiqarib berish va uning xizmat ko'rsatishi bepul. Hisobda depozit bo'lishi talab etilmaydi. SMS-xabarnoma ham mutlaqo tekin.Humans VISA hisobini dunyoning istalgan nuqtasidan turib to'ldirish mumkin. Buning uchun sayt yoki mobil ilovada karta raqamini kiritish kifoya - VISA, MasterCard, UzCard, HUMО, MIR kartalari va hatto chet el kartalaridan pul o'tkazish mumkin.
SIM-karta buyurtma qilishHisobni to'ldirish

Humans VISA kartasining boshqa afzalliklari

Odamlar uchun yaratilgan

Xaridlar

Biz - O'zbekistonda har bir narsaga keshbek beruvchi birinchi xizmatmiz. Endi har bir xariddan keshbek olishingiz mumkin. Humans nafaqat mahsulotlar va tijorat xizmatlari uchun to'lovlarni, balki davlat xizmatlari uchun to'lovlardan ham pul qaytaradi.
Ilovani yuklash

«Humans» ga qo'shiling

Bonus ×2

Bonuslarni do'stlaringizga o'tkazing va ikki baravar ko'p bonusga ega bo'ling. O'tkazmalar soni qancha ko'p bo'lsa, hisobingizda bonuslar shuncha ko'p bo'ladi.

U qanday ishlaydi?

«Humans» blogi