Biz haqimizda

Biz «Humans»miz

Odatda «Biz haqimizda» deb nomlangan bo'limda biznes yoki mahsulotning rivojlanish bosqichlari to'g'risida yozishadi, lekin biz uchun odamlar birinchi o'rinda. Shuning uchun bu yerda jamoamiz haqida so'z yuritamiz.

Biz «Humans»miz. Bizni bemalol «ilg'or xalqaro jamoa» deb atash mumkin. Biz dunyo bo'ylab tarqalgan turli xil katta va kichik kompaniyalarda faoliyat olib boramiz. Bizning sonimiz 200 dan sal ortiq. Biz Nyu-York, Varshava, Moskva, Sankt-Peterburg, Toshkent, Singapur va Minsk shaharlarida yashaymiz. Birgalikda biz odamlar uchun foydali bo'lgan yuzlab g'oyalarni yaratamiz.

Biz o'zimiz ishongan loyihalar ustida ishlaymiz. Biz mijozlarni baxtli qiladigan va odamlarga haqiqiy foyda keltira oladigan biznes yaratish uchun yig'ilganmiz.

Balki biz loyihalarimiz ustida yillab ishlamagandurmiz, lekin bizda byurokratiya, rasmiyatchilik va loqaydlik, degan narsa yo'q. Biz kishi ijod qilishni va bunyod etishni xohlaydigan muhitda yashaymiz. Bu erkinlik va tenglik muhitidir. Ya'ni bizda har bir kishi qo'rqmasdan o'z g'oyalari bilan bo'lishish, rahbariyat bilan muloqot o'rnatish va o'z fikrini himoya qilish huquqiga ega.

2016 yil biz odamlarning qiziqishlari, qobiliyatlari va tajribalarini o'zida birlashtirgan yangi platforma ustida ishlashni boshlagan edik. Hozirgi kunda Amerikada «HUMANS.net» platformasidan 300 000 kishi ish topish, kundalik hayotda yoki biznesda ko'mak olish uchun foydalanadi. Biz xizmatlarimiz uchun mijozlardan bir so'm ham olmaymiz, aksincha reklamadan ishlab olgan pullarimizning bir qismini ular bilan bo'lishamiz. Daromadni foydalanuvchilar bilan bo'lishish insoniylik jihatdan to'g'ri deb hisoblaymiz. Chunki aynan mijozlarimiz tufayli biznesimiz o'sib boradi.

Bir yarim yil oldin biz superilovani o'ylab topdik. Ilova tushunarli moliyaviy servis, rostgo’y xizmat ko'rsatuvchi mobil operator hamda tovar va xizmatlar vitrinasi joylashgan qulay to'lov tizimini bir joyda birlashtirdi. 16 iyun kuni biz O'zbekistonda «HUMANS.uz» ilovasining ilk versiyasini ishga tushirdik. Boshlanishida biz odamlarga bonuslar qo'lga kiritish, ularni do'stlari bilan bo'lishib, yanada ko'proq bonuslarga ega bo'lish imkonini berdik. To'plangan mablag'larni keyinchalik bizning noyob pulga sotib olinmaydigan servis va xizmatlarimizga almashtirib olish mumkin bo'ladi. Misol uchun, har bir kishi yig'ilgan bonuslar evaziga umrbod cheklanmagan aloqa xizmatini ulab olishi mumkin.

Jamoamiz ilovaning kengaytirilgan versiyasi ustida ishlamoqda. Yaqinda mijozlarimiz pullarni foizsiz o'tkazish, telefon orqali xaridlar amalga oshirish, keshbek ishlab olish, chegirmalarni qo'lga kiritish va o'zlari istagan mobil aloqani tanlash imkoniyatiga ega bo'lishadi. Bizningcha, moliyaviy xizmatlar, aloqa va onlayn xaridlar aynan shunday bo'lishi kerak.

Biz ishonamizki, bizning ushbu super ilovamizni ko'plab mamlakatlarda ijobiy qarshi olishadi. Hozirda biz o'z faoliyatimizni Germaniyada boshlashga, shuningdek ilovamizni Amerikada ishga tushirishga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Biz bundan keyin ham moliya, telekommunikatsiya, axborot almashish va meditsina sohalarida qiziqarli loyihalarni amalga oshiramiz. Barchasi odamlar uchun.

HUMANS blogi