Humans VISA bank kartalari
Humans kartasini olishga ulgurdingizmi? Faollashtirish holatini bilib oling
Biz VISA to'lov tizimining hisobida o'zbek so'mi mavjud bo'lgan Humans bank kartalarini ishga tushirdik. Ushbu kartalar nafaqat O'zbekistonning barcha do'konlarida, balki xorijda ham qabul qilinadi.
Biz kartalarni mijozlarimizga bepul taqdim etamiz va xizmat ko'rsatish uchun ulardan pul olmaymiz. Hatto karta hisobida depozit bo'lishi talab etilmaydi. SMS-xabarnoma xizmati ham mutlaqo bepul.
Sizning bank kartangiz hisobi mobil hisob bilan birlashtirilgan. Humans VISA kartasini sayt yoki ilova orqali telefon raqamini kiritib, to'ldirish mumkin.
Humans hisobini har qanday bank kartasidan to'ldirishda komissiya miqdori — 0%.
Siz Humans'dan boshqa Humans hisobiga komissiyasiz pul o'tkazishingiz mumkin. Buning uchun sayt yoki ilovada oluvchining telefon raqamini ko'rsatsangiz bo'lgani.
Humans virtual kartasi
Internet-do'konlarda xizmatlarga to'lang va xaridlarni amalga oshiring; qayerda bo'lishingizdan qat'i nazar karta raqami orqali pul o'tkazing va qabul qiling.
Humans SIM-karta va bank kartasini qanday faollashtirish mumkin?
SIM-kartani smartfoningizga joylashtiring, Humans.uz ilovasiga kirib, u yerdagi qo'llanmaga qarab ish tuting. Humans VISA kartasini faollashtirish uchun karta raqamini kiriting va PIN-kod o'rnating. Shundan so'ng sizga karta faollashtirilgani haqida xabarnoma keladi.
Mobil hisob yoki Humans bank kartasi hisobini qanday to'ldirish mumkin?
Sizning bank kartangiz hisobi mobil hisob bilan birlashtirildi. Endi sayt orqali Humans'ning yagona hisobini to'ldirganingizda ham mobil aloqa xizmatlariga to'lov qilishingiz, ham karta yordamida xaridlar amalga oshirishingiz mumkin bo'ladi. Sayt va mobil ilova orqali Humans hisobini to'ldirish uchun komissiya miqdori — 0%.
Humans VISA kartasi bilan butun dunyo bo'ylab do'konlarda qanday to'lov qilish mumkin?
Humans VISA bank kartasi bilan nafaqat O‘zbekiston bo‘ylab, balki chet elda ham tovarlarni xarid qilishingiz mumkin. Dunyo bo‘ylab internet-do‘konlarda bozor qilish, hamda O‘zbekistonda va boshqa davlatlarda istalgan valyutada bankomatlardan naqd pul yechish mumkin. Kartangiz bo‘yicha amalga oshiriladigan operatsiyalar xabarnomalari bepul SMS ko‘rinishida keladi.