Pul, aloqa, xaridlar – barchasi bir ilovada | Humans.uz

Humans O'zbekistonda istalgan kartaga pul o'tkazish komissiyasi qiymatini nolga tenglashtiradi!

Chegirmalar

Humans O'zbekistonda istalgan kartaga pul o'tkazish komissiyasi qiymatini nolga tenglashtiradi!

Humans kartadan kartaga pul o'tkazish uchun to'lovlarni bekor qildi - endilikda foydalanuvchilar pulni bepul o'tkazishlari mumkin. Opsiyadan HUMANS.uz ilovasi orqali Uzcard, HUMO va Humans Visa kartalariga o‘tkazishda foydalanishingiz mumkin. Humans O‘zbekiston bozorida barcha mijozlar uchun bepul pul o‘tkazmalarini amalga oshirgan ilk kompaniya bo‘ldi.

“Biz odamlar uchun eng muhim xizmatlar qulay va bepul bo'lishi kerak, deb hisoblaymiz. Qarindoshlar va yaqinlarga pul oʻtkazmalari bizning superappimizning ikkinchi eng mashhur xizmatidir, shuning uchun biz Oʻzbekiston boʻylab kartadan kartaga oʻtkazma tariflarini nolga tenglashtirdik. Endi istalgan kartalarga pul o‘tkazmalarini mutlaqo bepul amalga oshirishingiz mumkin”, — deya ta'kidladi Humans Group distribyutorlik direktori Igor Kim.

Humans jamoasi sizga hech qanday qo'shimcha harakatlarsiz Humans dan maksimal darajada foydalanishga yordam beradigan batafsil o'tkazmalar yo'riqnomasini tayyorlab qo'ydi.

Kartadan kartaga pul o‘tkazish usuli: HUMANS.uz mobil ilovasida “Pul o‘tkazish” bo‘limiga o‘tib, pul o‘tkazmasi amalga oshiriladigan bank kartasini tanlashingiz, qabul qiluvchining karta raqamini, o‘tkazma summasini kiritishingiz va "Yuborish" tugmasini bosishingiz kerak.

HUMANS.uz orqali qanday qilib komissiyasiz pul o‘tkazish mumkin: buni eslab qolish juda oson – Uzcard, HUMO va Humans VISA to‘lov tizimlari kartalari o‘rtasida HUMANS.uz ilovasi orqali o‘tkazmalar uchun – 0% komissiya.

Uzcard yoki HUMO bank kartasini qanday bog'lash mumkin: HUMANS.uz mobil ilovasida O‘zbekistondagi istalgan bankning Uzcard yoki HUMO to‘lov tizimining bank kartasini bog‘lashingiz mumkin. Buning uchun "Mening kartalarim" bo'limiga o'ting va "Kartani bog'lash" opsiyasini tanlang, kerakli ma'lumotlarni kiriting va autentifikatsiyadan o'ting. Shunchaki Bank kartasini bog'laganlik uchun foydalanuvchi o‘zining Humans keshbek-hisobiga 10 000 so‘m bonus oladi.

HUMO, Uzcard yoki Humans VISA bank kartalaridan Humans VISA kartalariga, shuningdek, HUMO kartalaridan HUMO kartalariga istalgan summani o‘tkazganlik uchun 0% komissiya amal qiladi – oy davomida bepul pul o‘tkazmalari uchun maksimal chegara mavjud emas. Boshqa barcha o‘tkazmalar bo‘yicha, agar oyiga 5 million so‘mlik chegaradan oshib ketilsa – 0,25% komissiya undiriladi, bunday o'tkazmalar HUMANS.uz ilovasi orqali amalga oshiriladiga o‘tkazmalar umumiy hajmining atigi 5%ini tashkil qiladi. Aksiya shartlari haqida batafsil ma’lumotni havolada topishingiz mumkin. Aksiya 2022-yil 30-noyabrgacha amal qiladi.