Pul, aloqa, xaridlar – barchasi bir ilovada | Humans.uz

Dunyo bo‘yicha mobil internet uchun eng qimmat va eng arzon narxlar

Yangiliklar

Dunyo bo‘yicha mobil internet uchun eng qimmat va eng arzon narxlar

2021-yilning aprel oyida cable.co.uk nashri dunyo bo‘yicha mobil internet narxlarini o‘rganib, tadqiqot natijalarini e’lon qildi. O‘rganilgan 230 ta mamlakat ichida O‘zbekiston 21-o‘rinni egalladi, Oldingi, 20-o‘rinni Qozog‘iston, keyingi, 22-o‘rinni esa Somali egalladi. O‘zbekistonda 1 GB internetning o‘rtacha narxi — 0.6 AQSh dollari.

Mobil interneti eng arzon bo‘lgan 5 ta mamlakat:

  1. Isroil ($0.05)
  2. Qirg‘iziston ($0.15)
  3. Fidji ($0.19)
  4. Italiya ($0.27)
  5. Sudan ($0.27)

Mobil internet uchun eng arzon narxlar

Nashriyot sharhi:

Isroil aholisining to‘rtdan uch qismi smartfonlardan foydalanadi. Bu hatto AQShdagi ko‘rsatkichdan ham baland. Mamlakatda faoliyat yurituvchi bir nechta mobil aloqa operatorlari mamlakatning aksariyat qismini 4G bilan qoplagan.

Qirg‘izistonda qayd etilgan keng qamrovli aloqa hozircha rivojlanish bosqichida turibdi va hukumat aloqa tarmog‘ini takomillashtirishga e’tibor qaratmoqda. Bu yerda mobil aloqa xizmatlari foydali va sarmoyachilar uchun ochiq hisoblanadi.

Boshqa Tinch okeani mamlakatlari bilan solishtirganda Fidji ancha rivojlangan telekommunikatsiya infratuzilmasiga ega. Aloqa vositalarini arzonlashtirish hamda foydalanilishini qulayroq qilish maqsadida faoliyat olib bormoqda, shu bilan birga, LTE va 5G tarmoqlarini rivojlantirmoqda.

Italiyada o‘n ikkita aloqa operatori ishlaydi va ular birgalikda internet aloqasi uchun dunyodagi deyarli eng arzon narxlarni taklif qilishadi. Italiyaning aksariyat hududi 4G bilan qoplangan, ayni paytda 5G tarmog‘ini rivojlantirish borasida sa’y-harakatlar olib bormoqda.

Odatda internet xizmatlari uchun eng arzon narxlar keng polosali optik tolali aloqa tarmoqlarining infratuzilmasi yaxshi rivojlangan mamlakatlarda taqdim etiladi, biroq Qirg‘iziston, Sudan va Fidjida mobil ma’lumotlarni uzatish tizimi aholining butun dunyo bilan aloqada bo‘lishi uchun muhim o‘rin tutadi, shu sababdan mazkur davlatlarda mobil aloqa orqali ma'lumot uzatishga alohida e’tibor qaratilgan.

Mobil interneti eng qimmat bo‘lgan 5 ta mamlakat:

  1. Ekvatorial Gvineya ($49.67)
  2. Folklend orollari ($44.56)
  3. Muqaddas Yelena oroli ($39.87)
  4. San-Tome va Prinsipi ($30.97)
  5. Маlavi ($25.46)

Mobil internet uchun eng baland narxlar

Peshqadamlarning beshtasidan to‘rttasi Afrikada, Sahroyi Kabirning janubida joylashgan. Bunday joylarda internet aloqasi narxining qimmatligi oddiy hol hisoblanadi.

Tadqiqot asosida quyidagi toifadagi davlatlar aniqlandi:

A’lo darajadagi infratuzilma. Uzoq vaqtdan buyon ishonchli 4G tarmog‘iga ega bo‘lgan hamda 5G ni rivojlantirish bilan shug‘llanayotgan mamlakatlar ko‘proq internet aloqasi uchun arzon narxlarni taklif qilishadi. Buni ushbu davlatlarda internetdan o‘rtacha foydalanuvchi oyiga 1–10 GBdan ham ko‘proq sarflashi bilan izohlash mumkin, shu sababli operatorlar yuzlab gigabaytga ega internet-tariflarni yoki butunlay cheksiz internet-to‘plamlarni taklif qilishadi. Aynan shu sababli har bir GB narxi sezilarli darajada arzon bo‘ladi.

Mobil aloqa tarmoqlarining ustuvorligi. Keng polosali simli aloqa tarmog‘i rivojlanmagan yoki sust bo‘lgan joylarda, asosiy e’tibor mobil aloqasini rivojlantirishga qaratiladi. Bozorda bir nechta aloqa operatori raqobatlashishi, shu bilan birga, mamlakatda o‘rtacha oylik maosh past bo‘lishi, mobil internet narxi dunyo miqyosida qo‘yilgan narxdan ancha arzon bo‘lib chiqadi.


Trafik kam sarflanadi. Ayrim mamlakatlarda mobil internet arzon bo‘lib, unga talab yuqori hisoblanadi, biroq bazaviy va/yoki ortiqcha telekommunikatsiya infratuzilmasining xususiyatlaridan kelib chiqib, aholi kam hajmli trafikdan foydalanadi. SIM-kartalar arzon narxlarda berilib, ular bilan beriladigan to‘plamda internet hajmi kuniga bor-yo‘g‘i 2-5 MBni tashkil qiladi. Agar ushbu raqamlarni gigabaytlar o‘lchamida hisoblasak, bu davlatlar interneti eng qimmat bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatiga kiradi.

Rivojlangan iqtisodiyot. Boy mamlakatlar ko‘pincha rivojlangan telekommunikatsiya infratuzilmasiga ega. Bunday davlatlarda mobil ma’lumotlardan juda ko‘p foydalanishadi hamda ular nisbatan sog‘lom bozor munosabatlariga ega. Aholi internet-xizmatlardan foydalanish uchun ko‘proq pul sarflashga tayyor, biroq shu bilan birga tarmoq infratuzilmasiga xizmat ko‘rsatish boshqa davlatlarga qaraganda ancha qimmatga tushadi. Agar mamlakat “A’lo darajadagi infratuzilma”li davlatlar ro‘yxatiga kirmagan bo‘lsa, odatda, mobil internet uchun narxlar dunyo miqyosida o‘rtacha hisoblanadi.

Tadqiqot metodologiyasi

Tadqiqotda 230 ta mamlakatning mobil operatorlari tarifi hisobga olindi. Bir oy davomida taqdim etiladigan internet xizmatlari 1 GB uchun narxlar qayta hisoblangan holda ko‘rib chiqildi. Misol uchun, 3 dollarga 3 GB hajmda to‘plam berilsa, 1 GB 1 dollar turishi qayd etildi. Har bir tarif va to‘plam xuddi shunday tarzda hisoblandi. So‘ngra, olingan ma’lumotlarning medianasi topildi. Mediana 1 GB mobil internetning o‘rtacha narxi, deb hisoblandi. Batafsil ma’lumotlarni havola orqali bilish mumkin.

Humans’da 1 GB internetning narxi

Humans xizmatlar paketining doirasida 12 000 so‘mga 2 GB taqdim etiladi. 1 GB ko‘rinishda internet narxi 6 000 so‘mni tashkil qiladi. Shunda hajmi 5 GB bo‘lgan to‘plamda 1 GB narxi 4 000 so‘mni tashkil qiladi. Bu 0.4 AQSh dollaridan kam va cable.co.uk tadqiqotlarida ko‘rsatilgan natijalarga binoan O‘zbekistonda 1 GB uchun o‘rnatilgan o‘rtacha narxdan arzonroq.