Pul, aloqa, xaridlar – barchasi bir ilovada | Humans.uz

VPN – bu nima? Va u qanday qilib internet tezligini sekinlashtirishi mumkin?

Maqolalar

VPN – bu nima? Va u qanday qilib internet tezligini sekinlashtirishi mumkin?

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, foydalanuvchilar VPNni ko‘pincha ko‘ngilochar saytlarga kirish uchun bloklashni chetlab o‘tish imkoniyati deb hisoblaydilar. Aslini olganda, shu kabi VPN-xizmatlar korporativ ish yuritishning ajralmas qismi bo‘lishi, ma’lumotlarni himoya qilishi, yoki foydadan ko‘ra hatto zarar keltirishi ham mumkin. VPN-xizmatlardan nima uchun tez-tez foydalaniladi va ular internet tezligini qanday sekinlashtirishi mumkin? Bularning barchasini quyida taqdim etilgan ma’lumotlar orqali bilib olishingiz mumkin.

diagram uz

VPN yoki Virtual Private Network atamasi ingliz tilidan – virtual xususiy tarmoq ma’nosini anglatadi.

Oddiy so‘zlar bilan ifodalanganda, bu – mavjud aloqa ustidan tonnel ko‘rinishidagi alohida shifrlangan tarmoqni yaratuvchi texnologiya. Masalan, internet tarmog‘i ustidan.

VPN, faqatgina ma’lum foydalanuvchilar kirishi mumkin bo‘lgan izolyatsiyalangan tarmoq bo‘lishi ham mumkin.

VPN nima uchun kerak?

2020-yildagi koronavirus pandemiyasi tufayli deyarli butun dunyoda insonlar masofadan turib o‘qish va ishlashga majbur bo‘ldilar. Kompaniya, korxona va xodimlar, shuningdek korxona xodimlari o‘rtasida ma’lumot almashuvining xavfsizligini ta’minlash maqsadida, VPN orqali majburiy tartibda aloqa o‘rnatishni boshladi.
VPN kompyuterdan serverga va aksincha o‘tadigan ma’lumotlarni shifrlaydi. Ushbu texnologiyadan, ma’lumotlarga kirishni nazorat qilish, shuningdek, ma’lumotlarni qabul qilish va jo‘natish paytida himoyalash uchun tashkilotlarda foydalaniladi. VPNsiz, ma’lumotlar yovuz niyatli insonlar qo‘liga tushib qolishi xavfi mavjud. Maksimal darajadagi xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, yirik korxonalar aloqa xavfsizligi uchun o‘zining shaxsiy VPN-xizmatlaridan foydalanadi.

Bundan tashqari, jamoat tarmoqlari – kafe, savdo markazlari, metro va vokzallarda o‘rnatilgan Wi-Fi orqali internetga kirishda o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun ham VPN’dan foydalanadilar. Ma’lumotlar shifrlanmagan taqdirda ijtimoiy tarmoqlar, elektron pochta manzili parollari, hattoki bank kartasining ma’lumotlari ham yo‘qolishi mumkin.

VPN tarmoqda anonimlikni saqlab qolish imkonini beradi. VPN orqali siz kiradigan saytlarga ulanishda, sizning joylashgan joyingiz, brauzer ma’lumotlari va boshqa shaxsiy ma’lumotlarni kuzatish imkoni bo‘lmaydi. Masalan, siz ta’tilga “N” nomli mamlakatga dam olishga borishingiz mumkin. Bu davlatda Telegram va YouTube taqiq ostida bloklangan bo‘lishi mumkin. VPNdan foydalangan holda, N mamlakatida ekanligingizni yashirishingiz va sevimli ilovalaringizdan foydalanishingiz mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, anonimlik funksiyasidan online-xaridlar uchun foydalanishadi, chunki bir xil tovar yoki xizmatning narxi turli mamlakatlar uchun narxi xar xil bo‘lishi mumkin.

Bu qanday ishlaydi?

Foydalanuvchi avval internetga, so‘ng VPN-servisga ulanadi. VPN-servis o‘rnatilgan serverdan foydalanuvchiga, uning barcha ma’lumotlari shifrlangan ko‘rinishda o‘tishi uchun “tonnel” ochiladi. So‘ngra, VPN-xizmati foydalanuvchiga, uning shaxsiy ma’lumotlarini oshkor qilmagan holda internet tarmog‘iga kirish huquqini beradi.
Soddalashtirilgan sxemada internetga kirish uchun zanjirda qo‘shimcha halqa paydo bo‘lishini ko‘rish mumkin. Ushbu oraliqdagi halqa (VPN-server) boshqa qit’ada joylashgan bo‘lishi, hamda bir vaqtning o‘zida bir nechta so‘rovlarni ishlashi va internetga ulanish uchun o‘zining shaxsiy sozlamalarini o‘rnatishi mumkin. Buning natijasida, internetga ulanish nostabil, sekin va hattoki xavfsizligi ta’minlanmagan bo‘lishi ham mumkin. Eng ayanchli holatlar ko‘pincha bepul yoki shartli ravishda bepul xizmatlar bilan kelib chiqishi mumkin.

vpn scheme uz

VPN bilan qanday muammolar tug‘ilishi mumkin?

  1. Sekin va nostabil internet. Ma’lumotlarni shifrlash jarayoni bir muncha vaqtni talab etadi, bundan tashqari, yakuniy resursga yo'nalish VPN- serverlarining joylashishiga qarab sezilarli darajada oshishi mumkin. Shuningdek, o‘z xizmatlarini shartli ravishda bepul taqdim etayotgan servislar, foydalanuvchi pulli paketni sotib olishi uchun past tezlikdagi serverlarni atayin taklif qiladilar.
  2. Beqaror ulanish. Ba’zida VPN-server bilan bog‘lanish uzilib qoladi. Bunday vaziyatlarda yuborilayotgan va qabul qilinayotgan ma’lumotlarning almashuvi shu zahoti shifrlanmagan holatga keladi. Xakerlar esa ularni osonlikcha ushlab qola oladi.
  3. Shaxsiy ma’lumotlarning yo‘qolish xavfi. 2021-yilning mart oyida, mashhur VPN-xizmatlaridan foydalangan 21 million foydalanuvchining ma’lumotlari yo‘qolganligi haqida ma’lum qilindi. Axborot resurslarining ta’kidlashicha, ushbu hodisa birinchi marotaba bo‘layotgani yo‘q, bu kabi katta “ma’lumot yo‘qotilishi” bilan bog‘liq hodisalar qayta ro‘y berishining ehtimoli katta. SuperVPN (100 million marta yuklab olingan), GeckoVPN (10 million marta yuklab olingan) va ChatVPN (50 ming marta yuklab olingan) kabi servislar eng zaiflari bo‘lib chiqqan. Kiberxavfsizlik ekspertlarining gapiga koʻra, ba’zi servislar, o‘z foydasini oshirish maqsadida yovuz niyatli kimsalarga foydalanuvchilarning ma’lumotlarini atayin sotib yuborishi ehtimoldan xoli emasligini aytadi. Shu tufayli, navbatdagi “ma’lumotlar yo‘qolishi”ning ehtimoli juda katta.
  4. Hattoki sinovdan o‘tgan VPN-xizmatlar ham 100% xavfsizlikni ta’minlamaydi. Servislar inson faktori bilan kurasha olmaydi. Agarda foydalanuvchi raqamli gigiyenaga rioya qilmasa (ya’ni ishonchsiz tasdiqlanmagan manbalardan fayllar ko‘chirib olsa, shubhali resurslardan foydalansa), har qanday servis ham internetdan foydalanishda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlab bera olmaydi.
    Humans internetdan foydalanishda tasdiqlanmagan VPN-xizmatlaridan foydalanishni tavsiya etmaydi. Qo‘llab-quvvatlash markaziga ko‘p hollarda past internet tezligi haqida shikoyatlar kelib tushadi va tekshiruvlarimiz shuni ko‘rsatdiki, foydalanuvchi trafik o‘tkazish xususiyati cheklangan VPN-xizmatlar orqali internetga ulanganligi aniqlandi. Internet tezligining pasayishidan tashqari ma’lumotlarning yo‘qolish xavfi ham oshib boradi: bank kartalarining rekvizitlari va CVV-kodlari, elektron pochta manzili va ijtimoiy tarmoqlarga kirish paroli hamda foydalanuvchining boshqa har qanday ma’lumotlaridan tortib to smartfonning seriya raqamigacha.