Aloqa, komissiyasiz o'tkazmalar, bank kartasi, xaridlar, keshbek | HUMANS Borku. Bemalol Aloqada.

Nega Humans’da bank kartasining va mobil aloqaning hisobi bitta

Chegirmalar

Nega Humans’da bank kartasining va mobil aloqaning hisobi bitta

Humans asosida aloqa, bank xizmatlari va to’lovlarni HUMANS.uz ilovasida birlashtirish nazarda tutilgan. Ilovaning o’zida faqat bitta hisob taqdim etilgan — barcha Humans kartalari uchun umumiy hisob. Bu bir vaqtning o’zida mobil aloqa balansi va Humans VISA bank kartasining qoldig’i hisoblanadi. Humans hisobi Humans telefonining raqamiga bog’langan, bu jarayonlarni sezilarli darajada yengillashtiradi.

Raqam orqali avtorizatsiya. +998 33 dan boshlanadigan Humans telefon raqami orqali ilovada avtorizatsiya amalga oshiriladi. HUMANS.uz ilovasi doirasida barcha xizmatlardan foydalanish uchun foydalanuvchi avval SIM-kartani ilovaga qo’shishi lozim. Humans parollarni o’z serverida saqlamaydi, bu esa o’z o’rnida avtorizatsiyani va Humans hisobidan foydalanishni har qanday vaziyatlarda xavfsizroq qiladi.

Hisobni onlayn to’ldirish. O’z hisobini yoki istalagan boshqa Humans hisobini to’ldirish uchun Humans raqami bo’lsa xolos — buning uchun qabul qiluvchining telefon raqamidan tashqari istalgan bankning bank kartasi kerak bo’ladi. Hisob humans.uz saytidagi maxsus sahifa yoki ilova orqali komissiyasiz to’ldiriladi.

Nuqtalarda naqd pul bilan hisob to’ldirish. O’zbekistonning istalgan nuqtasida turib hisob to’ldirish qulay bo’lishi uchun biz naqd pul bilan hisob to’ldirish uslubini ham yo’lga qo’yganmiz. Pul qabul qiladigan terminallar barcha Humans savdo nuqtalarida o’rnatilgan. Operatsiya uchun ham faqat Humans raqamining o’zi kifoya bo’ladi.

Bir lahzada qaytadigan keshbek. Ilova orqali tovarlar va xizmatlar narxi to’langanidan keyin operatsiyadan keshbek keshbek-hisobiga kelib tushadi, ushbu hisob orqali ilovadagi tovar va xizmatlar uchun to’lash mumkin bo’ladi.