Aloqa, komissiyasiz o'tkazmalar, bank kartasi, xaridlar, keshbek | HUMANS Borku. Bemalol Aloqada.

Maslahat: agar sizda boshqa SIM-karta bo’lsa, Humans aloqasi uchun qanday qilib to’lov kiritishingiz mumkin

Chegirmalar

Maslahat: agar sizda boshqa SIM-karta bo’lsa, Humans aloqasi uchun qanday qilib to’lov kiritishingiz mumkin

Ayrim Humans foydalanuvchilari shunday vaziyatga duch kelishyaptiki, aloqa uchun to’lov kiritganliklarini tasdiqlash uchun bankdan shu haqda SMS olishmayapti, chunki telefonga to’lov qilinayotgan bank kartasiga ulangan SIM-karta emas, balki Humans SIM-kartasi o’rnatilgan. Bunday vaziyatlarda qanday yo’l tutish mumkinligini aytib beramiz:

  1. Hisobga to’lov kiritish uchun bank kartasi ulangan SIM-kartani o’rnating.

  2. Humans sahifasiga kiring va tarif konstruktori orqali o’zingizga kerak bo’lgan paketlar narxini aniqlang.

  3. Tanlangan paket narxiga teng yoki undan ko’p miqdorda sahifa orqali hisobingizni to’ldiring. To’lovlar Uzcard, HUMO, Visa, Mastercard to’lov tizimlari orqali qabul qilinadi. Sayt orqali hisobni to’ldirishda komissiya yechilmaydi.

  4. Humans SIM-kartasini telefonga o’rnating va HUMANS.uz ilovasida avtorizatsiyadan o’ting.

  5. Kerakli summa Humans hisobiga tushganligiga ishonch hosil qiling. “Aloqa” bo’limiga kiring va “Xizmatlarni tanlash” tugmachasini bosing. Yo’riqnomadagi ko’rsatmalarga amal qiling.

  6. Tayyor. O’zingiz tanlagan Humans xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin.