Aloqa, komissiyasiz o'tkazmalar, bank kartasi, xaridlar, keshbek | HUMANS Borku. Bemalol Aloqada.

Humans bank kartasini kutib oling

Chegirmalar

Humans bank kartasini kutib oling

Humans kompaniya O'zbekiston bozoriga chiqqan kundan boshlab kutilgan mahsulot – VISA to'lov tizimidagi so'mli hisobvaraqqa ega bo'lgan Humans bank kartasini taqdim etdi.

Humans kartalaridan nafaqat butun O'zbekiston bo'ylab, balki dunyoning istalgan joyida foydalanish mumkin. Bank kartamizdan barcha bankomatlarda ularda mavjud bo'lgan har qanday valyutada naqd pul yechib olish imkoni bor. Humans kartasi orqali internet do'konlarda xaridlar amalga oshirish ham mumkin.

VISA Humans'ni rasmiylashtirish ham, uning xizmat ko'rsatishi ham mutlaqo bepul bo'ladi. Kartadan bepul foydalanish uchun hatto depozitda pul bo'lishi yoki oyiga ma'lum bir mablag' to'lanishi ham talab etilmaydi. Barchasi mutlaqo bepul, jumladan SMS-xabarnoma xizmati ham.

Shuningdek karta hisobini to'ldirish uchun pul olinmaydi. Humans kartasining raqami bo'lsa kifoya. O'kazmani ilovadan yoki HUMANS.uz sayti orqali dunyoning istalgan chekkasida amalga oshirish mumkin. Masalan, agar siz uydan olisda bo'lsangiz, O'zbekistondagi yaqinlaringiz kartasini qulay tarzda to'ldira olasiz. Pullarni VISA, MasterCard, UzCard, HUMO yoki MIR kartalaridan o'tkazishingiz mumkin bo'ladi.

Shuningdek, agar siz chet el banklaridan pul o'tkazsangiz, biz o'tkazma summasidan 0,25% miqdorida keshbek taqdim qilamiz. Bu nafaqat tez, qulay va xavfsiz, balki sizga foyda ham keltiradi.

Humans kartasiga buyurtma bergan barcha mijozlarga VISA virtual kartasidan foydalanish imkoni taqdim etiladi. Ushbu karta jismoniy karta rasmiylashtirilganidan keyin taqdim etiladi va undan ilova orqali foydalanish mumkin bo'ladi. Kartaning qulayligi shundaki, uning plastik karta bilan rekvizitlari bir xil. Virtual karta – internetda tovar va xizmatlarga to'lov qilishning eng qulay va xavfsiz vositasi.

Humans bank kartasiga 19-avgustdan boshlab buyurtma berish mumkin. So'ng uni tanlangan savdo nuqtasidan olishingiz mumkin bo'ladi, yoki kartani kuryer orqali sizga qulay bo'lgan manzilga bepul yetkazib berishadi. Kartalar 15-sentyabrda, Humans mobil operatori bilan bir kunda ishga tushadi.