Pul, aloqa, xaridlar – barchasi bir ilovada | Humans.uz

Chiroyli raqam narxidan 25% qaytarib beramiz

Yangiliklar

Chiroyli raqam narxidan 25% qaytarib beramiz

06.12.2021-y. dan 06.01.2022-y. gacha (shu kun ham kiradi) quyidagi shartlar asosida "25% Bonus" Aksiyasi o‘tkaziladi:

Aksiya o‘tkazilishi davrida "Alohida toifadagi raqam tanlash" va "Alohida toifadagi raqam taqdim etish" (keyingi o‘rinlarda - "Xizmatlar") xizmatlariga ulanishda va ularining narxini to'lashda mijozlar quyidagi tartibda Xizmatlar to'lovi narxidan 25% miqdorda (yigirma besh foiz) Bonus oladilar.

Bonus to'lov amalga oshirilgan kunning ertasiga Sodiqlik dasturi Ishtirokchisining Keshbek-hisobiga tushiriladi:

  • bir to'lov bilan Xizmatning to‘liq narxini to‘lashda - Xizmatning to'langan narxidan 25% miqdorda.
  • Xizmat narxini qisman to'lashda - faqat Xizmatlar uchun birinchi to'lov miqdorining 25% miqdorida. Xizmatlar uchun keyingi to'lovlarni amalga oshirishda Bonus standart (5%) miqdorda hisobga tushiriladi.