Aloqa, komissiyasiz o'tkazmalar, bank kartasi, xaridlar, keshbek | HUMANS Borku. Bemalol Aloqada.

Ushbu takliflarni oddiy pulga sotib ololmaysiz, ularni bonus evaziga qo'lga kiritish mumkin

Yangiliklar

Ushbu takliflarni oddiy pulga sotib ololmaysiz, ularni bonus evaziga qo'lga kiritish mumkin

Tez orada HUMANS o'zining noyob takliflari bilan o'zbekistonlik foydalanuvchilarning hayotida ijobiy o'zgarish yasaydi. Eslatib o'tamiz, ushbu takliflarni oddiy pulga sotib olib bo'lmaydi. Ularning deyarli barchasini referal dastur doirasida to'plangan bonuslar, moliyaviy xizmatimizda tovar va xizmatlarga to'lov qilib qo'lga kiritilgan keshbek evaziga xarid qilish mumkin.

Ayni payt 5 xil maxsus taklif taqdim etilgan. Ularni avgust oyida band qilish mumkin. Xizmatlar esa 18 avgustda, ya'ni HUMANS mobil operatori va bank kartalarimizning savdo nuqtalari ishga tushgan kuni faollashtiriladi.

  1. 50% chegirmali chiroyli telefon raqami

HUMANS foydalanuvchilari 20 millionta raqamdan birini tanlashlari mumkin bo'ladi. Birinchidan, agar hozirgi raqamingizga o'xshash raqam tanlasangiz, yangi operatorga o'tishingiz osonroq bo'ladi. Ikkinchidan, raqamni o'zingiz tanlab, undan uzoq yillar davomida mamnuniyat bilan foydalanganingizga nima yetsin. Chiroyli raqamni savdo nuqtalarimizda 37 500 so'm va undan yuqori narxga sotib olish mumkin, ammo ushbu maxsus taklif doirasida uni ikki baravar arzonga qo'lga kiritasiz.

  1. Bir oyga cheklanmagan aloqa va mobil internet.

Ushbu xizmatga ulanib, bir oy tarifdagi daqiqalar, internet va SMS paketlar tugab qoladi, deb o'ylanmaysiz. 75 000 so'm evaziga O'zbekiston hududida cheklovlarsiz muloqot qiling, internetda video tomosha qiling, musiqa tinglang yoki onlayn o'yinlar o'ynang.

  1. Bir umrga bepul va cheklanmagan Telegram

Ushbu xizmat hatto internet paketingiz bo'lmasa ham Telegram'dan cheklovlarsiz foydalanish imkonini beradi. Ilovadagi barcha kontent uchun ham trafik yoki pul sarflanmaydi. Bor-yo'g'i 500 000 so'm evaziga Telegram'dan butun O'zbekiston hududida bir umr cheklovlarsiz foydalaning.

  1. Bir umrga cheklanmagan aloqa va mobil internet.

5 000 000 so'm bonus evaziga mobil operatorimizdan uzoq yillar xohlaganingizcha foydalanasiz, qo'ng'iroqlar, SMS'lar va internet uchun bir so'm ham to'lamaysiz. Yaqinlaringiz bilan kechayu kunduz gaplashishingiz, trafik tugab qolishidan qo'rqmay internetdan foydalanishingiz mumkin bo'ladi. Bu bizning eng qimmat, lekin eng foydali maxsus taklifimiz.

  1. HUMANS bank kartasi uchun chiroyli raqam.

Bizning VISA to'lov tizimi kartalarimiz boshqa bank kartalari kabi 16-xonali raqamdan iborat bo'ladi. Lekin 20 000 so'm evaziga ilk sakkiz raqami 4455 5555 bilan boshlanadigan chiroyli kartani qo'lga kiritishingiz mumkin. Bunday raqamni eslab qolish oson bo'ladi.

Yangiliklarni o'tkazib yubormang, bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz (Facebook, Instagram, OK) va Telegram kanalimizga a'zo bo'ling.