Endi Humans mijozlari aloqa xizmatlaridan foydalanishda keshbek oladilar
Yangiliklar
Keshbek nima?
Keshbek - bu sizning aloqaga chegirmangiz. Chegirma miqdori siz to'plagan keshbekka teng. Shunchaki chegirmani faollashtiring va aloqa xizmatlari to'lovlarida tejashni boshlang, har safar xizmatlarni to'lashda chegirma oling — paketni yangilash, chiroyli raqam uchun to'lash, daqiqalar va GB variantlarini sotib olish va hatto gadjet sotib olish.
Chegirmani qanday faollashtirish mumkin?
- *113# USSD kodi orqali
- ilova orqali
Ilova orqali chegirmani qanday faollashtirish mumkin?
- Agar sizda ilova o'rnatilmagan bo'lsa, HUMANS.uz ilovasining so'nggi versiyasini o'rnating.
- Aloqa bo'limiga o'ting.
- Sahifaning yuqori qismida keshbek-hisob bo'lgan kartani tanlang.
- "Aloqaga chegirmani faollashtirish" bandidagi kalitni o'ngga siljiting.
Keshbek orqali avtomatik to'lov xizmati faollashtirilganda, xizmatlar birinchi navbatda Keshbek hisobidan to'lanadi. Agar Keshbek hisobida xizmatning to'liq narxini to'lash uchun yetarli mablag' bo'lmasa, yetmayotgan qismi sizning shaxsiy hisobingizdagi pul orqali to'lanishi mumkin.
Chegirma olishingiz mumkin: u to’plangan keshbekka teng va xizmatlar narxining 100%ni tashkil qilishi mumkin!