Pul, aloqa, xaridlar – barchasi bir ilovada | Humans.uz

Endi Humans mijozlari aloqa xizmatlaridan foydalanishda keshbek oladilar

Yangiliklar

Endi Humans mijozlari aloqa xizmatlaridan foydalanishda keshbek oladilar

Ajoyib yangilik!

2021-yil 15-maygacha Humans’ga ulanishda hammaga 15 000 bonus UZS keshbek sovg‘a qilamiz. Endi yig‘ilgan keshbekni daqiqalar, gigabaytlar paketlariga almashtirish yoki aloqa konstruktorida mavjud bo‘lgan istalgan cheksiz ilovani ulash mumkin. Qolaversa, chiroyli raqam va daqiqalar va gigabaytlar opsiyalarini ham to‘lash mumkin.

Keshbek – bu nima?

Keshbek — bu Humans xizmatlari bilan bog‘liq ma’lum bir harakatarni amalga oshirish evaziga keshbek-hisobga tushiriladigan bonus UZS. Undan Humans aloqa xizmatlarini to‘lash uchun foydalanish mumkin.

Keshbekni qanday olish mumkin?

Hozirda keshbek quyidagilar uchun beriladi:

  • 15-maygacha Humans’ga ulanishda — 15 000 UZS
  • xizmatlar paketini ulashda — ulangan paket narxidan 10%
  • “0.5 gigabayt” va “100 daqiqa” opsiyalarini ulashda — ulangan opsiya narxidan 10%
  • HUMANS.uz ilovasi orqali tovarlar va xizmatlarga to‘lashda — to‘lov narxidan 15% gacha
  • chiroyli raqam xarid qilishda — xizmat narxidan 5%
  • Humans’ga do‘stlarni taklif qilishda — 5000 UZSgacha
  • har qanday faollik uchun (qo‘ng‘iroqlar, SMS, Humans orqali internetga chiqishda) — har kuni 100 UZSdan.

Shu tarzda kun davomida bitta yoki bir nechta shartlarni bajarishingiz mumkin — har bir bajarilgan shart evaziga siz ertasi kuni keshbek olasiz. Keshbek-hisobingizda siz cheklanmagan miqdorda keshbek yig‘ishingiz mumkin.

Keshbekni qanday sarflash mumkin?

HUMANS.uz ilovasining yangilangan versiyasida keshbek-hisobni boshqarish bo‘yicha imkoniyatlar ko‘paydi. Keshbekdan foydalanishni boshlash uchun:

  • HUMANS.uz ilovasining oxirgi versiyasini o‘rnating
  • “Aloqa” bo‘limiga o‘ting
  • ekranning yuqori qismida keshbek-karta paydo bo‘lganligiga ishonch hosil qiling
  • pastroqda “Aloqa xizmatlarini keshbek bilan to‘lang”, deb yozilgan bannerni ko‘rishingiz mumkin, “Batafsil” tugmasini bosing
  • paydo bo‘lgan oynada siz xizmat haqida batafsil ma’lumotlarni va “Keshbekdan foydalanish” o‘chirib-yoqish tugmasini ko‘rishingiz mumkin
  • Keshbekni aloqa xizmatlariga sarflash uchun tugmani faollashtiring.

mobile carrier uzb

Keshbek bilan xizmatlarni to‘liq yoki qisman to‘lash mumkin. Keshbek bilan avtomatik to‘lov funksiyasi faollashtirilganida, xizmatlar birinchi navbatda keshbek-hisobdan to‘lanadi. Agar keshbek-hisobda xizmat narxini to‘liq to‘lash uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, yetmagan qismini hisob-varaqdagi pul bilin to‘lashingiz mumkin.

Keshbek bilan to‘liq to‘lov

full payment

Keshbek bilan qisman to‘lov

partial payment

Keshbek bo‘yicha operatsiyalarni qanday nazorat qilish mumkin?

“Aloqa” bo‘limida keshbek kartasiga bosib, siz keshbek-hisobdan avtomatik to‘lovni yoqishingiz/o‘chirishingiz mumkin hamda keshbek-hisob bo‘yicha operatsiyalar tarixini ko‘rishingiz mumkin.

Batafsil ma'lumotlarni havola orqali bilib olishingiz mumkin.