Pul, aloqa, xaridlar – barchasi bir ilovada | Humans.uz

O‘qish narxini to‘lashda Humans yanada ko‘proq keshbek bermoqda

Yangiliklar

O‘qish narxini to‘lashda Humans yanada ko‘proq keshbek bermoqda

OTM, maktab va bolalar bog‘chalarida o‘qish narxini HUMANS.uz ilovamiz orqali to‘lashda, biz 1% keshbek qaytaramiz. Bir marta to‘lab, bir necha oy aloqa xizmatlaridan bepul foydalanish imkoni bor.

Keshbek olish uchun qanday qilib to‘lash kerak?

  • HUMANS.uz ilovasiga kiring;
  • “To‘lovlar” bo‘limiga o‘ting;
  • o‘zingizga kerakli OTM, maktab yoki bolalar bog‘chasini hamkorlarimiz ro‘yxatidan toping;
  • to‘lov summasini kiriting;
  • to‘lovni tasdiqlang, biz esa sarflangan summadan 1% ni keshbek ko‘rinishida qaytaramiz.

10 million so‘m sarflasangiz, biz sizga 100 000 bonus UZS qaytaramiz — bu keshbek evaziga 60 kunga Humans’dan cheksiz internet xizmatini ulash mumkin.

Aksiya 2021-yil 7-sentabrdan 14-sentabrgacha amal qiladi.

Ilovaga o‘tish