Aloqa, komissiyasiz o'tkazmalar, bank kartasi, xaridlar, keshbek | HUMANS. Aqllilar ilovasi.

“Bonuslarni ikki karraga orttirish” aksiyasi shartlarining o’zgarishi

Yangiliklar

“Bonuslarni ikki karraga orttirish” aksiyasi shartlarining o’zgarishi

Do’stlaringiz ulanishlarida bonuslar sovg’a qilib, jo’natilgan keshbekni ikki karraga orttiring.

2021-yilning 13-avgustidan boshlab Humans foydalanuvchilari Humans aloqa xizmatlaridan foydalanmayotgan do’stlarini taklif qilib, o’z bonuslarini ikki barobarga orttirishlari mumkin. Buning uchun HUMANS.uz ilovasiga kirib, “Keshbek” bo’limida “Keshbek ulashing” tugmasini bosgan holda uning mobil telefon raqamini kiritib, do’stingizga 1 000 dan 5 000 gacha bonus so’mni o’z keshbek hisobingizdan jo’natasiz. Do’stingizga Humans savdo nuqtasida ko’rsatishi uchun maxsus kodli SMS-xabar jo’natiladi. Do’stingiz Humans bilan shartnoma tuzish uchun koddan foydalangan zahoti sizning bonusingizni ikki barobarga orttiramiz.

Deylik, keshbek-hisobingizda 20 000 bonus so’m bor. Siz Humans mijozi bo’lmagan do’stingizga 5 000 bonus so’m o'tkazasiz. Do’stingiz Humans bilan shartnoma tuzadi va 5000 bonus so’mga ega bo’ladi. Sizga esa biz 10 000 so’mlik — ikki barobar orttirilgan bonusni qaytaramiz. Shunday qilib, keshbek-hisobingizda 25 000 bonus so’m bo’ladi.

Do’stingiz aloqa xizmatlari uchun bonusdan foydalanishi, yoki u ham do’stlarini chorlab, bonuslarini ikki barobar orttirishi mumkin. Taklif qilish mumkin bo’lgan do’stlar soni cheklanmagan. Qancha ko’p taklif etsangiz, shuncha ko’p bonuslarga ega bo’lasiz!

“Bonuslarni ikki karraga orttirish” Aksiyasining to’liq shartlari

2021-yil 13-avgustga qadar avval jo’natilgan va qabul qiluvchilar tomonidan talab qilib olinmagan barcha bonus so’mlarini biz jo’natuvchining keshbek-hisobiga 2021-yil 14-avgust kuni qaytaramiz.