Aloqa sifati bilan bog'liq muammolar kelib chiqmasligi uchun Humans tarmog'iga ulanishni qanday qilib to'g'ri sozlash mumkin
Chegirmalar
Bizning kuzatuvimizga ko’ra, ko’p holatlarda Humans tarmog’iga avtomatik tarzda noto’g’ri ulangan foydalanuvchilarda aloqa sifatiga tegishli muammolar uchramoqda. Ulanish to’g’ri amalga oshirilishi uchun ulanish parametrlarini mustaqil tarzda sozlashni tavsiya etamiz:
- Telefonning sozlamalar menyusiga kiring.
- “Ulanishlar”, “Mobil aloqa”, “Mobil ma’lumotlar” yoki “Mobil tarmoqlar” punktini toping. Har xil ishlab chiqaruvchilarda nomlari farq qilishi mumkin.
- Humans SIM-kartasini tanlang va “Kirish nuqtalari” sozlamasini toping.
- Quyidagi kerakli parametrlarni kiriting:
APN: humans
Foydalanuvchi nomi: katak bo’sh qolsin
Port: katak bo’sh qolsin
Parol: katak bo’sh qolsin
Server: katak bo’sh qolsin
LTE sozlamalari, proksi va boshqa kataklar ham bo’sh qoladi.