Kreditlaringizni toʻlab, HUMANS.uzʼda oshirilgan keshbekka ega boʻling
Yangiliklar
30-aprelga qadar HUMANS.uz ilovasi orqali kreditlar va muddatli to‘lovlar narxini to‘lashda, bizdan koʻpaytirilgan miqdorda — 3% keshbek oling.
Toʻplangan bonuslar evaziga siz cheksiz internet yoki mobil aloqa narxini toʻliq toʻlashingiz mumkin. Keshbek olish uchun toʻlovni qanday amalga oshirish mumkin?
- HUMANS.uz ilovasiga kiring;
- “Toʻlovlar” boʻlimiga oʻting;
- “Kredit” sahifasiga oʻting va hamkorlarimiz roʻyxatidagi kerakli servisni tanlang;
- summani kiriting;
- toʻlovni tasdiqlashingiz bilan biz sizga shu zahoti sarflangan summangizdan keshbek-hisobingizga 3% qaytaramiz.
Aksiya 2022-yil 11-apreldan 30-aprelga qadar amalda boʻladi.