Pul, aloqa, xaridlar – barchasi bir ilovada | Humans.uz

Humans ichida pul o‘tkazmalaridan komissiya olmaymiz

Yangiliklar

Humans ichida pul o‘tkazmalaridan komissiya olmaymiz

Humans ichida pul o‘tkazmalaridan komissiya olmaymiz

Endi HUMANS.uz ilovasidan foydalanib, siz Humans’dagi hisobingizdan boshqa Humans hisobiga komissiyasiz pul o‘tkazishingiz mumkin. Bu juda qulay, ayniqsa yaqinlaringiz chet elga chiqqan bo‘lishsa. Siz ularga telefon raqami orqali xizmat uchun to’lovsiz pul jo’natishingiz mumkin, ular esa dunyoning istalgan nuqtasida Humans VISA orqali xarid qilishlari va naqd pul yechishlari mumkin bo‘ladi.

Humans’dan Humans’ga qanday pul o‘tkazish mumkin?

  1. Play Market va App Store’da HUMANS.uz ilovasini so’nggi versiyagacha yangilang;
  2. Ilovaga kiring;
  3. “To‘lovlar‘” bo‘limida “Mobil aloqa”ni tanlang;
  4. Humans’ni tanlang;
  5. To‘lash uchun Humans VISA kartangizni tanlang;
  6. Telefon raqami va o‘tkazilishi kerak bo‘lgan summani kiriting;
  7. “To‘lash”ga bosing, tayyor!

Qo‘shimcha ma’lumot.