Aloqa, komissiyasiz o'tkazmalar, bank kartasi, xaridlar, keshbek | HUMANS Borku. Bemalol Aloqada.

Humans xizmatlar paketini qanday tanlash mumkin

Chegirmalar

Humans xizmatlar paketini qanday tanlash mumkin

Hisobingizni to'ldirganingizdan keyin HUMANS.uz ilovasida xizmatlar paketini tanlashingiz kerak, aks holda sizda internetga kirish va qo'ng'iroq qilish imkoniyatlari bo‘lmaydi. Xizmatlar paketini qanday tanlash mumkin:

  1. "Aloqa" bo'limiga kiring va "Xizmatlarni tanlash" tugmachasini bosing.

  1. Daqiqa va gigabaytni keragicha tanlang. Daqiqa yoki gigabayti bo'lgan har qanday paketni ulaganingizda sizga Telegram uchun cheksiz trafik taqdim etiladi.

  1. Trafik sarflamaydigan cheksiz ilovalarni tanlang.

  1. "Paketni tanlash" tugmachasini bosing.

  1. So'ng "Tasdiqlash" tugmachasini bosib, tanlovingizni tasdiqlang. Dastavval Humans hisobingizda mablag' yetarli ekanligiga ishonch hosil qiling, chunki tasdiqlashdan so'ng hisobingizdan mablag' yechib olinadi.

  1. Sizning noyob tarifingiz tayyor va unga to'lov amalga oshirildi, xizmatlar bir daqiqa ichida faollashadi.

  1. "Aloqa" bo'limida ulangan xizmatlar holatini ko'rish mumkin. Har qanday daqiqalar paketini sotib olganingizda Humans tarmog'i ichidagi qo'ng'iroqlar bepul taqdim etiladi.