Pul, aloqa, xaridlar – barchasi bir ilovada | Humans.uz

Humans – bu nima

Maqolalar

Humans – bu nima

HUMANS.uz – bu O‘zbekistonda avval taqdim etilmagan superilova. Unda tushunish oson bo‘lgan moliyaviy servis, haqqoniy mobil operator hamda tovar va xizmatlarni to‘lash uchun mo‘ljallangan qulay to‘lov tizimi birlashtirilgan. Bu Humans xizmatlaridan foydalanishni qulaylashtirish, SIM-karta va Humans VISA bank kartasini bir joyda nazorat qilish uchun amalga oshirilgan. Humans asosida HUMANS.uz ilovasida yagona, bir vaqtning o‘zida bank kartasining balansi va mobil aloqa balansi yagona bo‘lishi nazarda tutilgan.

Humans – bu mobil aloqa

2020-yilning sentabr oyida biz O‘zbekistondagi beshinchi GSM-mobil operatorni ishga tushirdik va foydalanuvchilarimizga bir necha oy davomida aloqa xizmatlaridan bepul foydalanish imkonini taqdim etdik. Sinov jarayoni yakunlanganidan va tijoriy ekspluatatsiya boshlanganidan keyin biz ba’zi xizmatlarimizni bepul taqdim etishda davom etdik. Ularning orasida bepul Telegram messenjeri va tarmoq ichida bepul qo‘ng‘iroqlar. Humans paket konstruktori yordamida foydalanuvchilar o‘z noyob Humans tariflarini tanlaydilar hamda faqat o‘zlariga kerak bo‘lgan xizmatlar to‘plamiga to‘lov qiladilar. Biz barcha ommabop ilovalar uchun, qolaversa hamma yo‘nalishlar uchun mutlaqo cheksiz trafik taqdim etamiz.

Humans – bu bank xizmatlari

Biz hammaga SIM-karta bilan birga so‘mda hisoblanadigan VISA to‘lov tizimining kartasini bepul beramiz. Bank kartasiga bepul xizmat ko‘rsatiladi va SMS-xabarlar har qanday qo‘shimcha shartlarsiz taqdim etiladi. Humans VISA kartasi bilan dunyoning istalgan nuqtasida va har qanday internet-do‘konlarda tovarlarni xavfsiz to‘lash mumkin. Yagona hisobni humans.uz sayti va ilova orqali istalgan bank kartasi yordamida, hamda Humans savdo nuqtalarida naqd pul bilan komissiyasiz to‘ldirish mumkin.

Humans – tovarlar va xizmatlar vitrinasi

HUMANS.uz ilovasida uy interneti va O‘zbekistonning barcha mobil aloqa operatorlarining hisobini to‘ldirish, kommunal to‘lovlar va jarimalar, shuningdek mahsulotlar, restoranlar, ta’lim, tibbiyot, taksi va hokazolarni to‘lash mumkin. Humans orqali o‘tkazilgan barcha to‘lovlar uchun keshbek beramiz, shu jumladan davlat xizmatlari uchun ham, bunday imkoniyatlarni O‘zbekistonda hech kim taqdim etmaydi.