Aloqa, komissiyasiz o'tkazmalar, bank kartasi, xaridlar, keshbek | HUMANS Borku. Bemalol Aloqada.

Humans asoschisi Vladimir Dobrinin Daryo nashriga intervyu berdi

Yangiliklar

Humans asoschisi Vladimir Dobrinin Daryo nashriga intervyu berdi

Sentabr oyida O‘zbekistonda Humans yangi uyali aloqa operatori ishga tushdi. Kompaniyaning asoschisi va rahbari Vladimir Dobrinin xizmatning bepul davri, aloqa sifati va mobil internetni tejash imkoniyatlari haqida “Daryo”ga so‘zlab berdi.

Nima uchun abonentlarga xizmatdan bepul foydalanish muddatini taqdim etishga qaror qilgandingiz?

Bu standart yoki an’anaviy amaliyot bo‘lmasa ham, dunyo tajribasida tez-tez uchrab turadigan holatdir. Kompaniyalar baland raqobatga ega bozorlarga qisqa vaqt ichida kirayotgan chog‘larida ular tomonidan bu kabi amaliyotning qo‘llanilishi istisno etilmaydi. O‘zbekistonda bu turdagi marketing yondashuvi muvaffaqiyatli kechdi, xizmat ishga tushirilganidan so‘ng 2 oy ichida 600 mingta ulanishga erishdik.

O‘zbekiston aholisi aloqa bepul bo‘lgan davrda ko‘p Internet sarfladimi?

Bu davr 2 oydan ortiq davom etdi. Agar oktabr oyidagi raqamlarga nazar tashlasak, yuklab olingan ma’lumotlarning miqdori 2 660 TBga yetdi. Birinchi o‘rinni Telegram (314,5 TB), keyin YouTube (303,5 TB) va uchinchi o‘rinni TikTok (246,1 TB) egalladi. Bundan tashqari, oktabr oyida biz rekord darajadagi trafikni qayd etdik. Shunday qilib, abonentlardan biri YouTube’da 137,8 Gb sarfladi, ikkinchisi Tas-IX zonasidagi saytlarga 79,8 Gb sarfladi, yana biri uchun esa Telegramda 63,4 Gb sarflandi.

Humans’ning boshqa mobil operatorlarga nisbatan afzalligi nimalardan iborat?

Humans har bir foydalanuvchi uchun o‘ziga mos tariflarni yig‘ishga imkon beradi. O‘zbekistonda hali hech bir operator bunday taklifni ilgari surmagan. Foydalanuvchi daqiqalarni va trafik hajmini o‘zi tanlaydi va o‘zi sozlaydi. Shunday qilib, u foydalanmayotgan xizmatlar uchun pul to‘lamaydi. Ba’zi hollarda insonlar boshqa operatorlarda mavjud tayyor tarif rejalari bizning konstruktorimizda yig‘ilgan tarif rejalariga ko‘ra qulayroq, deb o‘ylashlari mumkin. Ammo boshqa operator o‘z tarmog‘i ichida cheksiz suhbatlarning yo‘qlini ham hisobga olish kerak. Va faqat Humans o‘z abonentlariga Telegram’ga bepul va cheksiz kirish imkonini beradi.

Nima uchun tarif rejalarining odatiy modelini rad etdingiz?

Kompaniyamiz tomonidan aniqlangan muhim kuzatuvlardan biri shu bo‘ldiki, ko‘plab mijozlar Humans tariflarining konstruktorini g‘ayrioddiy yangilik sifatida qabul qildilar. Ammo biz boshidanoq foydalanuvchilarga tayyor tarif rejalarida mavjud bo‘lgan keraksiz xizmatlarga pul sarflamaslik imkoniyatini beradigan qulay xizmatni yaratishni maqsad qilib qo‘ydik. Nima uchun foydalanilmaydigan xizmat uchun pul to‘laysiz? Bir marta foydalanib ko‘rganda, kishi sezilarli foyda ko‘radi va boshqa xizmat turlaridan foydalanishni istamaydi.

Nima uchun aynan Telegram’ni bepul qoldirishga qaror qildingiz?

Telegram O‘zbekistondagi eng ommabop dastur bo‘lib, u odamlar uchun asosiy aloqa vositalaridan biriga, yangiliklar manbaiga, filmlarni tomosha qilish va musiqa tinglash platformasiga aylanib ulgurdi. Bizning tadqiqotlarimizga ko‘ra, uyali aloqa operatorining xizmatlari doirasida Telegram uchun sarf-xarajatlar 35%ga teng, shuning uchun uni bepul ishlata boshlash darhol seziladi.

Boshqa ilovalarni sevadiganlar uchun Humans cheksiz kirish xizmatini taqdim etdi. Facebook, Instagram, VK, Odnoklassniki, TikTok, Facebook, Instagram ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish uchun 10 ming so‘m, Youtube yoki Tas-IX zonasidagi saytlarga oyiga 15 ming so‘m mablag‘ ajratishingiz mumkin. Bu katta hajmdagi trafikni sotib olishdan voz kechib, pulni tejashning ajoyib usuli. Bepul Telegram + cheksiz Tas-IX yoki YouTube + ijtimoiy tarmoq — abonent ehtiyojlarining 99% gachasini qondiradi.

Humans ishga tushirilganidan so‘ng, foydalanuvchilar ulanish bilan bog‘liq muammolar va Internet sifati haqida shikoyat qildilar. Buning sababi nimada edi?

Startda jamoamiz texnik qiyinchiliklarni boshdan kechirdilar. Ammo hozir ular bartaraf etildi, va mijozga SIM-kartani berish o‘rtacha bor-yo‘g‘i 2 daqiqa egallaydi.

Internet bilan bog‘liq vaziyatga esa oddiy izohimiz bor: cheksiz aloqani ishlata boshlagan inson pulli tariflarni ishlatadigan insonga qaraganda tarmoq afzalliklarini boshqacha baholaydi va ulardan boshqacha foydalanadi. Abonent bazasining keskin o‘sishi (kuniga 18 ming mijoz), internetdan juda faol foydalanish (standartdan 10 barobar yuqori) — trafik va aloqa sifatini bir maromda saqlab qolishda bir muncha qiyinchiliklarni tug‘dirdi. Bu iste’mol hajmlarini saqlab qolish biz uchun qiyin kechdi. Mobil trafikning faol foydalanuvchilari orasida kuniga hatto 40 GB ma’lumotni yuklab olish holatlari uchradi. Aslida, dunyodagi hech bir tarmoq imkoniyati bunday iste’mol modeli uchun mo‘ljallanmagan. Ammo biz iste’mol hajmini bir maromga kelitirishga va mijozlarimizning 80% dan ortig‘iga sifatli aloqa taqdim etishga erishdik.

Humans – Singapur, Nyu-York, Moskva, Sankt-Peterburg va Minskdagi vakolatxonalairga ega bo‘lgan xalqaro kompaniya. Sizningcha, o‘zbekistonlik foydalanuvchi boshqa davlatlardagi foydalanuvchilardan farq qiladimi?

O‘zbekiston aholisi bir-biri bilan uyali aloqa vositasi yordamida jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ko‘proq so‘zlashadi. Shuning uchun, ularga tarmoq ichidagi cheksiz suhbatlar juda ma’qul kelishi aniq. Bundan tashqari, ba’zi abonentlar tasodifan juda ko‘p pul sarflamaslik uchun mobil Internetni o‘chirib qo‘yish odatiga egalar. Yoki ular Telegram orqali qisqa xabar yuborish uchun aloqani aynan o‘sha vaqt uchun yoqish holatlari tez-tez uchraydi. Endi bunday harakat qilish shart emas. Cheksiz ilovalarni ulaganingizda, trafik tugamaydi. Humans’dan Internet halol va 32 yoki 64 kbit ko‘rinishidagi umumiy cheklovlardan yiroqdir. Telegram esa barcha abonentlar uchun bepul.