Pul, aloqa, xaridlar – barchasi bir ilovada | Humans.uz

Endi Humans VISA’dan Uzcard yoki HUMO’ga pul o‘tkazish mumkin

Yangiliklar

Endi Humans VISA’dan Uzcard yoki HUMO’ga pul o‘tkazish mumkin

Humans VISA bank kartalaridan foydalanish endi yanada qulaylashdi: endi Humans VISA plastik yoki virtual kartasidan do‘st va yaqinlaringizning Uzcard yoki HUMO kartalariga pul o‘tkazishingiz mumkin. O‘tkazma uchun o‘tkazilgan pul miqdoridan 1% komissiya olinadi.

Humans hisobidan har bir o‘tkazma uchun umumiy summadan biz 0.1% keshbek qaytaramiz.

Humans VISA’dan Uzcard yoki HUMO‘ga qanday pul o‘tkazish mumkin?

Humans’dagi hisobingizdan pul o‘tkazishdan avval ilovamizda Humans VISA plastik yoki virtual kartangizni faollashtirganingizga ishonch hosil qiling.

Keyin:

  1. Google Play yoki App Store’da HUMANS.uz ilovasini so‘nggi versiyagacha yangilang
  2. HUMANS.uz ilovasiga kiring va ekranning yuqori qismida “O‘tkazish”ga bosing
  3. Ochilgan oynada Humans VISA kartasini tanlang
  4. Pastroqda Uzcard yoki HUMO kartasining ma’lumotlarini kiriting
  5. O‘tkazmoqchi bo‘lgan pul miqdorini kiriting
  6. Ekranning pastki qismida “O‘tkazish” tugmasini bosing
  7. Tayyor!

Samarali o‘tkazma uchun siz o‘tkazma summasidan 0.1% keshbek olasiz.

Humans hisobini Uzcard, HUMO, VISA va Mastercard kartalari orqali to‘ldirishda komissiya to‘lashingiz kerak bo‘lmaydi. Shuningdek, Humans hisobini sotuv va xizmat ko‘rsatish nuqtalarida naqd pul bilan to‘ldirishingiz mumkin. Qancha pul to‘lasangiz, hisobingizga aynan shuncha tushadi.