Aloqa, komissiyasiz o'tkazmalar, bank kartasi, xaridlar, keshbek | HUMANS Borku. Bemalol Aloqada.

Humans va Red Bull O‘zbekiston talabalariga ularning g‘oyalarini hayotga tatbiq etishga yordam berishadi

Yangiliklar

Humans va Red Bull O‘zbekiston talabalariga ularning g‘oyalarini hayotga tatbiq etishga yordam berishadi

1-sentabrdan boshlab Red Bull Basement global loyihasi boshlandi. Unda talabalar yotoqxonasi, OTM yoki hatto butun dunyo miqyosida hayot tarzini o‘zgartira oladigan o‘z dadil g‘oyalariga ega talabalar ishtirok etadilar.

G‘oyalar kreativ, amalga oshirsa bo‘ladigan va jamiyat uchun ahamiyatli bo‘lishi kerak. Ushbu mezonlarga O‘zbekistonda eng mos keladigan ishtirokchi yoki jamoa global vorkshopga borib, o‘z g‘oyasini dunyo miqyosida himoya qilishi mumkin. G‘oliblar g‘oyalarini amalga oshirishlari uchun pul va mentorlar tomonidan boshqa kerakli yordamga ega bo‘lishlari mumkin bo‘ladi.

Global vorkshopni dunyoning eng yirik korporatsiyalari kuzatib boradi, ularning orasida: Google, Facebook, Amazon, Microsoft va boshqalar.

Ariza qanday topshiriladi?

  • O‘z ilhomlantiruvchi g‘oyangiz haqida davomiyligi 60 soniyagacha bo‘lgan videoda so‘zlab bering. Video ingliz tilida yoki ingliz tilidagi subtitrlar bilan bo‘lishi kerak;
  • Ushbu videoni YouTube yoki Vimeo’ga joylang;
  • redbullbasement.com saytiga o‘ting va “Ariza topshirish” tugmasini bosing;
  • Yo‘riqnomalarga amal qilgan holda hamma kataklarni to‘ldiring va o‘z videoroligingiz joylashgan havolani yozing.

Ishtirokchilarga talablar

O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan OTM talabalari ingliz tilini bilishlari va chet elga chiqish pasportiga ega bo‘lishlari kerak. Yakkaxon tartibda yoki ikki kishigacha bo‘lgan jamoa sifatida ishtirok etish mumkin.

Loyiha bosqichlari

O‘zbekistonda:

  • 1-sentabrdan 24-oktabrgacha redbullbasement.com saytida arizalar qabul qilinadi;
  • 25-dan 28-oktabrgacha — ovoz berish jarayoni;
  • 29-dan 31-oktabrgacha — jyuri a’zolari tomonidan O‘zbekistondagi g‘oliblar aniqlanadi;
  • 3-noyabr — O‘zbekistondagi g‘olibni e’lon qilish.

Dunyo miqyosida:

3-dan 13-noyabrgacha — murabbiylik, moliyalash, ish maydoni, raqamli/jismoniy qurol-asboblar va ijtimoiy tarmoqlar orqali loyihani rivojlantirish;

13-dan 15-noyabrgacha — yakuniy chiqish va g‘olibni tanlash.

Batafsilroq ma’lumotlar redbullbasement.com saytida.