Pul, aloqa, xaridlar – barchasi bir ilovada | Humans.uz

Humans’da tariflar yo‘q, chunki ularsiz qulayroq

Maqolalar

Humans’da tariflar yo‘q, chunki ularsiz qulayroq

Biz Humans’da tariflardan voz kechdik, chunki aniq belgilangan tariflar eskirdi va ular faqat kerakli, foydalaniladigan xizmatlarga to‘lash imkonini bermaydi. Tariflar o‘rniga Humans’da aloqa paketining konstruktori barpo etildi, u orqali zarur bo‘lgan xizmatlarni tanlab, siz uchun kerak bo‘lmagani uchun ortiqcha pul to‘lamasligingiz mumkin. Uning afzalliklari nimada:

Xizmatlarda tejash. Ilova orqali xizmatlar paketi ko‘rinishida o‘z noyob Humans tarifingizni yig‘ib, siz har oy tejaysiz va doim pulingiz qayerga sarflanayotganidan xabardor bo‘lasiz. Ilovada paket xarid qilishdan oldin aloqa xizmatlarining narxini bilish uchun Humans aloqa konstruktoridan onlayn foydalanish mumkin. Biz aloqa xizmatlariga butun bir oy uchun to‘lashni talab qilmaymiz – sinov muddati sifatida 3 yoki 10 kunlik paketlarni ham yig‘ishingiz mumkin.

7000 so‘mdan boshlanadigan cheksiz xizmatlar. Agar siz faqatgina ayrim ilovalar yoki ijtimoiy tarmoqlardan foydalansangiz, Humans’da daqiqalar yoki gigabaytlarsiz ham paket yig‘ishingiz mumkin. Instagram, TikTok, VK, Facebook, WhatsApp va boshqa ilovalarni tanlash imkoniyati bor.

Cheksiz media-xizmatlar. Paketdagi gigabaytlarni sarflamasdan yoki paketga umuman mobil internetni qo‘shmasdan video ko‘rish va musiqa tinglash uchun paket tarkibiga Yandex.Music, Apple Music, YouTube, Twitch va TAS-IX kiritilishi mumkin.

Bepul Telegram sovg‘aga. Istalgan daqiqalar yoki gigabaytlar paketi xarid qilinganida, Telegram messenjeri (Telegram, Telegram X va Plus Messenger ilovalari)dan cheksiz foydalanish imkoniyatini taqdim etamiz, u paket doirasidagi daqiqalar va gigabaytlarni sarflamaydi. Paketingizdagi gigabaytlar tugasa ham, paket amal qilish muddati tugagunicha Telegram cheklovlarsiz ishlashda davom etadi.

Tarmoq ichida bepul qo‘ng‘iroqlar. Paket tarkibiga istalgan miqdorda daqiqalar kiritilsa, Humans tarmog‘i ichida cheksiz aloqa taqdim etiladi. Paketdagi daqiqalar tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlarga sarflanmaydi.