Aloqa, komissiyasiz o'tkazmalar, bank kartasi, xaridlar, keshbek | HUMANS. Aqllilar ilovasi.

Noyob va xavfsiz Humans VISA kartasi

Chegirmalar

Noyob va xavfsiz Humans VISA kartasi

So‘mda hisob-kitob qilinadigan VISA to‘lov tizimining Humans bank kartasi o‘zbekistonda noyob hisoblanadi. Do‘konlardagi xaridlar va aloqa xizmatlari uchun to‘lov umumiy balansdan amalga oshirilishi uchun karta hisobi Humans mobil aloqasi bilan birlashtirilgan.

Humans VISA kartasi butun o‘zbekistonda va dunyo bo‘ylab VISA to‘lov tizimi qabul qilinadigan joylarda qabul qilinadi. Karta internet-do‘konlarda, shu jumlandan AliExpress, ASOS, iHerb va boshqa joylarda to‘lov o‘tkazish uchun mo‘ljallangan.

Humans VISA kartasi bepul rasmiylashtiriladi. Kartaga xizmat ko‘rsatish va SMS-xabarnomalar ham bepul, hisobda qanchadir mablag‘ bo‘lishi talab qilinmaydi.

Humans bank kartasi to‘ldirilishida hech qanday komissiya yechilmaydi. Shaxsiy yoki istalgan boshqa Humans VISA kartasining hisobini to‘ldirish uchun faqatgina Humans mobil telefon raqami kerak bo‘ladi. Bank kartasining hisobini Ilova va humans.uz sayti orqali xizmat uchun to‘lovsiz to‘ldirish mumkin. Istalgan VISA, Mastercard, Uzcard va HUMO kartalari orqali pul o‘tkazishingiz mumkin.

Hisob to‘ldirish nuqtalarida komissiyasiz naqd pul bilan hisobga pul o‘tkazish. Humans savdo nuqtalarida terminallar o‘rnatilgan, ular orqali Humans bank kartasining hisobiga pul o‘tkazish mumkin. Buning uchun Humans telefon raqamini bilish kifoya.

Xavfsiz Humans VISA kartasi. HUMANS.uz ilovasida bank kartasidan onlayn va oflayn foydalanish funksiyasini yoqish va o‘chirish mumkin. Agar karta yo‘qotilsa, undagi pul mablag‘ini himoya qilish uchun qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilib, kartani bloklamasdan, sozlamalar o‘zgartirilsa kifoya.