Aloqa, komissiyasiz o'tkazmalar, bank kartasi, xaridlar, keshbek | HUMANS Borku. Bemalol Aloqada.

Salom, O'zbekiston!

Yangiliklar

Salom, O'zbekiston!

Biz «HUMANS» O'zbekistonda o'z faoliyatini boshlaganini rasman e'lon qilishdan mamnunmiz. Bugun, 16 iyun kuni, biz matbuot anjumani o'tkazdik. Unda kompaniyamiz asoschisi Vladimir Dobrinin biz haqimizda va bizning yillik rejalarimiz to'g'risida so'zlab berdi.

«Biz «Humans»miz. Biz barchasini odamlar uchun yaratamiz. Biz imkonsiz narsalarning imkonini yaratishga intilamiz. Shuning uchun biz qulay moliyaviy xizmat hamda mijozlarga shaffof xizmat ko'rsatuvchi mobil operatorni bir ilovada birlashtirdik.

18 avgustdan boshlab O'zbekistondagi foydalanuvchilar bo'lib to'lash sharti bilan chiroyli telefon raqamiga ega bo'lishlari, aynan o'zlariga kerakli bo'lgan tarifga ulanishlari yoki mutlaqo bepul aloqadan foydalanishlari mumkin bo'ladi. Mamlakat aholisining har birida bizning savdo ofislarimizga kelib, ikki daqiqa ichida bank kartasini qo'lga kiritish va pullarni komissiyasiz o'tkazish imkoniyati paydo bo'ladi.

«Biz "HUMANS.uz" mobil ilovasining ilk versiyasini mobil operatorimiz va bankimiz ishga tushishidan ikki oy oldin chiqarishga qaror qildik. Bundan ko'zlangan maqsad – har bir o'zbekistonlik bizning bonuslar dasturimizda qatnashib, bonuslar yig'ishiga va ular yordamida "HUMANS"ning noyob xizmatlariga to'lov qilishiga imkon yaratish», - dedi «HUMANS» asoschisi Vladimir Dobrinin.

Tashkil etilgan onlayn tadbirda O'zbekistonning eng yirik ommaviy axborot vositalari vakillari, mashhur bloger va inflyuyenserlar ishtirok etishdi. Ko'rsatuvni Kun.uz, Daryo.uz, Gazeta.uz, Uznews,uz, Spot.uz muxbirlari tomosha qilishdi.

«HUMANS»ning asosiy prinsiplaridan biri – bu ochiqlik. Bugundan boshlab biz ushbu blogda, shuningdek ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy guruh va kanallarimiz orqali kompaniyamiz faoliyatini keng yoritib boramiz. Havolalarni sahifa ostidan topishingiz mumkin. Oldinda bizni ko'plab qiziqarli voqealar kutib turibdi. Biz sizga nafaqat O'zbekistonda, balki dunyoda hali o'xshashligi bo'lmagan xizmatlarni taklif qilishni ko'zlamoqdamiz. Shunday takliflardan biri - bir umrlik cheklanmagan «Telegram». Siz ushbu xizmatni referal dastur orqali yig'ilgan bonuslar evaziga ulab olishingiz mumkin bo'ladi.

Bizga obuna bo'ling va yangiliklarimizni kuzatib boring.