Upay to‘lov servisi Humans fintex-ekotizimining bir qismiga aylanadi
Yangiliklar
Humans kompaniyasi (Humans Companies AJ) Maroqand MChJ (UPay savdo belgisi)ning 100% ustav kapitalini xarid qilib, uning yagona taʼsischisiga aylandi. Kelishuv shartlari oshkor etilmadi. UPay toʻlov servisi Humans ekotizimining bir qismiga aylanib, oʻz brendi ostida ishlashda davom etadi, asoschilar kompaniyada qolib, uni Humans jamoasi bilan birgalikda rivojlantiradi.
UPay — shaxsiy pul mablagʻlarini boshqarish, davlat xizmatlari, mobil aloqa, internet, oʻyinlar narxini toʻlash, kartadan kartaga pul oʻtkazish va elektron hamyonni toʻldirish uchun moʻljallangan Oʻzbekistondagi toʻlov servisi.
"UPay bilan kelishuv — O‘zbekistondagi biznesimizni rivojlantirish borasida mantiqiy qadam hisoblanadi. Biz raqamli ekotizim barpo etyapmiz, UPay esa mahalliy bozorda eng rivojlangan fintex-mahsulotlardan biri hisoblanadi. Servis mintaqada fintex sohasi rivojlanishini tezlashtiradi, shu bilan birga elektron tijorat ham keskin o‘sishni boshlaydi, — deb izoh berdi Humans Group asoschisi va bosh direktori Vladimir Dobrinin. — Humans'da biz avval o‘zimizning shaxsiy to‘lov provayderimizni barpo etishni rejalashtirgan edik. Ammo UPay'ning bir qator afzalliklari mavjud — texnologik tajriba va kuchli jamoa. UPay bilan hamkorlik Humans ekotizimini rivojlantirib, qo‘yilgan maqsadlarga tezroq erishish imkonini yaratadi, ya'ni o‘z foydalanuvchilariga kundalik hayotlari uchun tezkor, qulay va xavfsiz servis taqdim etishga. Bunday ommabop va qulay mahsulotlar mintaqalardagi raqamli tengsizlikni yo‘qqa chiqarishga va O‘zbekistonda digital-iqtisodiyotni tezroq rivojlantirishga imkon yaratadi."
“Biz xalqaro kompaniyaga qoʻshilib, yangi formatdagi toʻlov servisini birgalikda rivojlantira olishimizdan mamnunmiz, — deya izoh berishdi UPay loyihasining asoschilari Behzod Botirov va Anvar Boboqulov. — Humans biznes-jarayonlarni barpo etish, marketing va xorij mamlakatlarida raqamli mahsulotlarni ishlab chiqarish sohasida katta tajribaga ega. Hamkorlikda UPay nafaqat auditoriyaning yangi segmentiga chiqadi, balki tajriba va bilim almashishi ham mumkin boʻladi. Birgalikda biz toʻlov oʻtkazish, shu jumladan naqd pul koʻrinishida ham maksimal tezlikda va samarali tarzda ishonchli infratuzilma yaratishimiz mumkin boʻladi”.
HUMANS.uz fintex-servis, uyali aloqa xizmati va onlayn-toʻlovlar vitrinasini birlashtiradi. Guruh ofislari AQSh, Oʻzbekiston, Belarus, Polsha, Singapur va Germaniyada joylashgan. 2022-yilning may oyida Humansʼning faol foydalanuvchilari soni 2 mln nafarni tashkil qildi.