Aloqa, komissiyasiz o'tkazmalar, bank kartasi, xaridlar, keshbek | HUMANS. Aqllilar ilovasi.

Firibgarlar foydalanuvchilarni qanday aldashadi

Chegirmalar

Firibgarlar foydalanuvchilarni qanday aldashadi

Oxirgi yillarda turli xildagi firibgarliklar butun dunyoda global trendga aylandi. Firibgarlar orasida HUMANS muxlislari ham bor. Ular saytimizning ishontiradigan soxta sahifalarini, Instagram’da akkauntlarni, Telegramda kanallar va SMS-xabarlar yaratishmoqda.

Firibgarlikning eng mashhur turlaridan biri — bu fishing. Fishing maqsadi —  foydalanuvchilarning maxfiy ma’lumotlarini: login, parol, bank karta ma’lumotlari, pasport ma’lumotlarini qo’lga kirtish. Ular buni qanday amalga oshiradi? 

Odamlarni turli takliflar bilan jalb qilishadi: kam stavkali kredit olish yoki davlatdan badal puli olish, sovrinli o’yinda ishtirok etish, kompaniyaning biror mahsulotini tekinga olish. 

Takliflar ijtimoiy tarmoqlar, YouTube orqali reklama qilinadi va hatto messenjerlar va SMS orqali shaxsiy xabarlar yuboriladi. Agar foydalanuvchi bannerga yoki xabardagi havolaga bossa, u ma’lumotlar yig’ish uchun maxsus yaratilgan saytga tushib qoladi. Sayt tuzilishidan judayam HUMANS sayti va mobil ilovasiga o’xshash bo’ladi. Bu foydalanuvchida u haqiqiy saytga kirganligi hissini uyg’otish va u yerda akkauntga kirishda o’z ma’lumotlarini kiritishi uchun maxsus qilinadi. 

DIQQAT! HUMANS’ning saytda shaxsiy kabineti yo’q! Faqatgina AppStore va GooglePlay ilovalaridan yuklab olish mumkin bo’lgan mobil ilovasi bor, va faqatgina unda siz turli amaliyotlarni bajara olasiz. Noma’lum manbalardan ilovani o’rnatmang!

Firibgarlar nimani istaydi

Ko’p hollarda – pul. Uni sizning hisobingizdan yechish uchun ular quyidagilarni so’raydi:

  • karta ma’lumotlarini aytish
  • SMS’dagi kodni aytish
  • pochta, telefon raqami va boshqa ma’lumotlarni kiritish

HUMANS niqobi ostida ish olib boradigan firibgarlardan o’zingizni qanday himoyalashingiz mumkin

Agar siz messenjer yoki ijtimoiy tarmoqda havola orqali o’tish va qandaydir ma’lumotlarni kiritish iltimosi bilan xabar olgan bo’lsangiz, havola orqali o’tmang! Biz hech qachon mijozlarga messenjerlarda yoki ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy xabarlar orqali murojaat qilmaymiz.

Agar siz havola orqali o’tib, saytga tushib qolgan bo’lsangiz, uning manzilini diqqat bilan tekshiring. Qidirish qatorida “HUMANS rasmiy sayti” deb terishingiz mumkin. Javoblarning birinchi qatori odatda aynan kompaniyaning asosiy saytiga olib boradi. Unga o’ting, dizaynni solishtiring, sayt manziliga qarang. Ko’pincha fishing saytlarning manzillarida xatoliklar yoki qo’shimcha ramzlar bo’ladi. Ijtimoiy tarmoqlarga o’ting (ularga havolalar saytning oxirida joylashgan) va ular ishlash-ishlamasligini tekshiring, chunki ko’pincha fishing saytlarda ijtimoiy tarmoqlar tugmasi ishlamaydi.

Bundan tashqari, siz u yoki bu sayt fishingga oid ekanligini maxsus manbalar orqali tekshirishingiz mumkin, masalan https://www.scamadviser.com/.

Agar siz HUMANS nomi keltirilgan reklama bannerini ko’rib qolsangiz, unga bosishga shoshilmang! Aksiya, sovrinli o’yinlar yoki shunchaki yangiliklarni biz har doim bizning ijtimoiy tarmoqlarimizda va ilovada e’lon qilamiz. Bizning rasmiy kanallar orqali haqiqatan ham bunday sovrinli o’yin o’tkazilayotganini tekshiring.

Agarda siz firibgarlik saytida ma’lumotlarni kiritib qo’ygan bo’lsangiz, movil ilovaga kirish uchun parolni qo’llab-quvvatlash xizmati orqali yoki mustaqil “Men parolni unutdim” tugmasini bosib, tezkor yangilang. Muhim! Yangi parol albatta eskisidan farqli bo’lishi kerakm, chunki eskisi firibgarlarga ma’lum. 

HUMANS’ning rasmiy manzillari:

Sayt: http://humans.uz

Telegram kanal: https://t.me/humansuz 

Instagram’dagi akkaunt: https://www.instagram.com/humans.uz/ 

Ogoh bo’ling, shubhali havolalar bo’yicha o’tmang, fishing saytlari va akkauntlarda ma’lumotlaringizni kiritmang.

Mehr bilan, 

HUMANS