Fishing saytni haqiqiysidan qanday ajratish mumkin
Chegirmalar
Ijtimoiy tarmoqlardagi reklamada turli o’ziga tortadigan takliflardan ehtiyot bo’ling! Ko’p hollarda ular fishing saytlariga olib chiqadi. Juda foydali kredit taklifi, davlatdan rasmiy yangiliklarda aytilmagan to’lovlar - tezkor pullarga ega bo’lish bilan bog’liq har qanday va’dalar ostida xavf yotishi mumkin.
Fishing saytlari bunday va’dalarga ishongan odam o’zining kartasi ma’lumotlarini va tasdiqlash kodini kiritishiga mo’ljallangan. Lekin to’lov xavfsizligi qoidalariga ko’ra bank bunday to’lovni bekor qila olmaydi. Bunday firibgarlikda pullarni qaytarish — uzoq va murakkab jarayon, uni ehtimol faqatgina huquq-tartibot idoralariga murojaat qilib boshlash mumkin.
Firibgarlarning nayranglariga tushib qolmaslik va soxta saytni tanib olish uchun nimalarni bilish kerak?
Agar siz shaxsiy ma’lumot yoki karta ma’lumotlarini kiritmoqchi bo’lsangiz, yoki sayt orqali xarid qilmoqchi bo’lsangiz, unda uning manzili oldidan hae doim https va qulf belgisi turishi kerak. S harfi va yopiq qulf ulanish himoyalanganligini bildiradi: siz saytda ma’lumotlaringizni kiritganingizda, ular avtomatik shifrlanadi va ularni chetdan tutib olisholmaydi.
HUMANS saytining to’liq rasmiy manzili — https://humans.uz/. Ko’rib turganingizdek, unda https oxirida s harfi bilan, bu demakki siz saytda kiritadigan barcha ma’lumotlar himoyalanadi.
Shifrlarsiz saytlarda o’z ma’lumotlaringizni kiritish xavfsiz emas. Ko’pchilik mashhur brauzerlarda o’rnatilgan himoya bor va ular xavfsizlik sertifikati bo’lmagan saytlardan ogohlantirishi mumkin. Bunday ogohlantirishlarga e’tiborsiz bo’lmaslikni tavsiya qilamiz.
Afsuski, saytning xavfsizlik setifikati bo’lishi har doim ham uning ishonchligiga kafolat bermaydi. Sertifikat olish qiyin emas, shuning uchun fishing saytida ham u bo’lishi mumkin.
Saytning to’liq havolasini (URL) siz brauzerning manzil satrida ko’rasiz. Оdatda manzil satri brauzerning tepasida joylashadi, agar siz uni kompyuterda ochsangiz, yoki pastda, agar havolani smartfonda ochsangiz.
Havola orqali o’tmoqchi bo’lganda juda e’tiborli bo’ling. Telegramdagi xabarda havola mutlaqo to’g’ri, odatiy ko’rinishi mumkin, masalan: humans.uz, lekin agar unga bossangiz, ochilayotgan oynada siz o’tayotgan saytning haqiqiy URLi aks etadi. Agar u sezilarli darajada farq qilsa, havola orqali o’tmagan yaxshi.
Sayt manzilini o’ngdan chapga o’qish kerak. “.”dan o’ngda odatda mamlakat kodi joylashadi yoki boshqa xalqaro kod (net, edu, com, org va hokazo). “.”dan chapda kompaniyalar odatda brend nomidan foydalanadi.
Agar oddiy o’xshashlikni keltirsak, sayt manzili — bu uydagi eshik kodidek: "."dan o’ng tomonda — bu uy raqami, "."dan chapda — eshik raqami. Undan keyingi hammasi — qavatlar va xonadonlar.
HUMANS saytining rasmiy manzilida humans.uz "uz" — O’zbekiston mamlakatining kodi "humans" esa — bizning brendimiz nomi.
Fishing URL haqiqiyga juda o’xshash bo’lishi mumkin. Agar nuqta va brend nomi o’rtasida qandaydir qo’shimcha so’zlar yoki ramzlar bo’lsa, unda, ehtimol, qarshingizda soxta sayt.
Masalan, https://humans.example-security.com sayti — soxta. Bu yerda "."dan o’ngda — com, chapda esa — example-security. humans — o’sha qavatlar va xonadonlar, xuddi yuqoridagi misoldek.
Sayt https://humans.receivingmi.sbs/scr/rXvaAqFQ/ ham fishingcha. Yuqorida sanab o’tib belgilardan payqash oson.
Firibgar saytlar uzoq yashamasligi sababli (ular odatda tezda aniqlanadi va bloklanadi), ular ko'pincha shoshqaloqlik bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun bunday saytda tugmalar va havolalar ishlamasligi, matnda imlo xatolari bo'lishi mumkin. Va sayt dizayni haqiqiyga juda o'xshash bo'lsa-da, kichik farqlarni sezish mumkin. Buning uchun brauzeringizning qidiruv satriga kompaniya nomini kiritishingiz va uning rasmiy saytiga qarashingiz kerak.
Siz haddan tashqari jozibali takliflarni bir oz ishonchsizlik bilan munosabatda bo’lish va bunday taklif yoki reklama haqiqatan ham mavjudligini tekshirishingiz kerak. Buning uchun siz qo'llab-quvvatlash xizmati orqali savol berishingiz yoki rasmiy saytga o'tishingiz mumkin. Agar ma'lumotlar tasdiqlansa va biz yuqorida tavsiflangan boshqa ogohlantirish belgilari bo'lmasa, siz aksiyada bemalol ishtirok etishingiz mumkin.
Agar sizga yaqin odam sizga taklifga havola yuborgan bo'lsa ham, siz baribir hamma narsani ikki marta tekshirishingiz kerak! U ham firibgarlik qurboniga aylangan bo‘lishi mumkinligini inkor etib bo‘lmaydi.
Akkauntingiz parolini imkon qadar tezroq o'zgartiring va kartani bloklash va qayta chiqarish uchun bankingizga murojaat qiling. Agar bankingizning mobil ilovasi sizga kartangizni blokirovka qilishga yoki onlayn to'lovlarga cheklovlar yoki taqiqlarni o'rnatishga imkon bersa, buni o'zingiz qiling. Xavfsizlik ma'lumotlarini yangilash uchun bank kartasi qayta chiqarilishi kerak.