Pul, aloqa, xaridlar – barchasi bir ilovada | Humans.uz

Rossiyadan O‘zbekistonga komissiyasiz va keshbekli pul o'tkazmalari

Yangiliklar

Rossiyadan O‘zbekistonga komissiyasiz va keshbekli pul o'tkazmalari

HUMANS.uz ilovasida telefon raqami yoki Humans Visa karta raqami orqali pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ldi.

• O‘tkazmalar komissiyasiz amalga oshiriladi.
• Har bir o‘tkazmadan qabul qiluvchiga o‘tkazma summasidan 0.25% keshbek beriladi.
• Pul bir zumda Humans mijozining hisobiga tushadi, hamda shu pul miqdoridan yillik 20% hisobda har kuni keshbek beriladi.

Olingan keshbekni Humans mobil aloqasini to‘lash uchun sarflash mumkin. Shunday qilib Humans mijozlari uchun aloqa xizmatlari bepul bo‘lishi mumkin.

O‘tkazma qanday amalga oshiriladi?

  1. HUMANS.uz ilovasining so‘nggi versiyasini yuklab oling;
  2. Ekranning yuqori qismida “Xorijiy o‘tkazmalar” bo‘limiga o‘ting;
  3. O‘zingizga qulay o‘tkazma uslubini tanlang: Humans telefon raqami yoki Humans VISA karta raqami orqali;
  4. Qabul qiluvchining telefon raqami yoki karta raqamini kiriting;
  5. O‘tkazma summasini so‘m valyutasida kiriting (shu yerning o‘zida qabul qiluvchiga kelib tushadigan pul miqdorini va rublda qancha pul yechilishini ko‘rishingiz mumkin);
  6. Paydo bo‘lgan sahifada siz pul o‘tkazmoqchi bo‘lgan Rossiya bank kartasining ma’lumotlarini kiriting;
  7. Kartadan o‘tkazmani tasdiqlang;

Shundan keyin pul samarali o‘tganligini tasdiqlovchi oyna paydo bo‘ladi.

uzb screen

Pulni qanday sarflash mumkin? 

Qabul qilingan pulni shu zahoti Humans VISA kartasi orqali O‘zbekiston va butun dunyo bo‘ylab xaridlarga sarflash mumkin (ham oddiy do‘konlarda, ham internet-do‘konlarda), Uzcard va HUMO‘ga o‘tkazish, Humans plastik kartasidan esa istalgan mamlakatda VISA logotipili bankomatdan pul yechish mumkin. 

Qabul qiluvchi oladigan keshbek: o‘tkazma summasidan 0.25%. 
O‘tkazma evaziga komissiya: 0%. 
Pul o‘tkazilganligi haqida qabul qiluvchiga SMS-xabarnoma: bepul. 
Bir martalik pul o‘tkazish summasi: 14 mingdan 9 milliongacha (o‘tkazmalar soni cheklanmagan). 

Bir oyda o‘tkazish mumkin bo‘lgan pul miqdori: bitta qabul qiluvchiga 100 million so‘m. 

Ilovaga o‘tish: Google Play va App Store.

Xorijiy o‘tkazmalar evaziga keshbek berish bo‘yicha aksiya shartlari