Humans elektron kundalik uchun toʻlov narxini 100% qaytarib beradi
Aksiyalar

18-apreldan 31-maygacha Kundalik servisining veb-versiyasi narxini HUMANS.uz ilovasi orqali toʻlaganingizda, biz sizga butun summani keshbek shaklida qaytaramiz.
Yangilik yozilayotgan vaqtda elektron kundalikning veb-versiyasiga yillik obuna narxi 8600 soʻmni tashkil etadi. Bizning ilovamiz orqali toʻlanganda, keshbek-hisob toʻliq shu narxga toʻldiriladi.
Olingan keshbek evaziga quyidagi cheksiz opsiyalardan birini ulash mumkin:
- 30 kunga cheksiz SMSlar
- 30 kunga cheksiz WhatsApp/Imo/WeChat
Shu bilan birga bu keshbekni har qanday boshqa aloqa xizmatlarini toʻlashga sarflash ham mumkin.
Biz xizmatlarimizni yanada qulaylashtirishda davom etamiz. Yangiliklarni kuzatib boring.