«Humans Companies» AJning [«Maroqand» AJ yagona ta’sischisi] O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining «Maroqand» AJ bir qator xizmatlariga cheklovlar kiritish to’g’risidagi harakatlariga munosabati
Yangiliklar
«Biz, Markaziy bankning harakatlari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari me’yorlarini buzgan holda amalga oshirilgan, bozorni adolatli tartibga solish tamoyillariga zid va biznes yuritish uchun jiddiy to‘siqlarni yuzaga keltirmoqda, deb hisoblaymiz. MB o’tkazilgan amaliyotlar bo’yicha hech qanday ma’lumot so’ramadi va «Maroqand» AJ tomonidan qandaydir huquqbuzarliklarni ko’rsatmasdan qaror qabul qildi. Cheklovlar sababi o’yinlar bilan bog’liq amaliyotlar ekanligini biz bugun OAVdagi xabarlardan bildik. Bundan tashqari, «Maroqand» AJ biror bir huquqbuzarliklarni bartaraf qilishga qonunchilikda nazarda tutilgan oldindan ogohlantirishni olmagan.
Biz Markaziy bankka adolatni tiklash va guruhning litsenziyalanadigan kompaniyalariga xizmatlarining to’liq ishlashini qaytarish talabini yubordik. Shuningdek murojaatlar Prezident Ma’muriyatiga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Biznes-ombudsmenga, Istiqbolli loyihalar Milliy agentligiga yuborildi. Kelib chiqqan vaziyatni hal qilish uchun vakolatli organlarning aralashuvlarini kutmoqdamiz.
Bunday noqonuniy harakatlar adolatli tartibga solish tamoyillariga putur yetkazadi va moliya sektori barqarorligi, hamda mamlakatning sarmoyaviy jozibadorligiga jiddiy xavflarni tug’diradi. Hozirgi paytda Humans jamoasi va «Maroqand» AJ servisni tiklash uchun yangi texnik yechim ustida faol ish olib bormoqdalar», — deya ta’kidladi «Humans Companies» AJ [«Maroqand» AJ yagona ta’sischisi] direktori Vladimir Dobrynin.