Aloqa, komissiyasiz o'tkazmalar, bank kartasi, xaridlar, keshbek | HUMANS. Aqllilar ilovasi.

Telefon raqamini ko’chirish

Yangiliklar

Telefon raqamini ko’chirish

2023 yil 27 oktabrdan O’zbekiston Respublikasida telefon raqamini bir mobil operatordan boshqasiga ko’chirish xizmati ishga tushirilmoqda. Bu demakki, agar siz joriy operatordan narx, sifat va boshqa jihatlar bo’yicha mamnun bo’lmasangiz, osongina eski raqamni va bu bilan birga barcha kontaktlarni ham saqlab qolib, operatorni almashtirishingiz mumkin.

O’zingizning operatoringizdan HUMANS’ga raqam ko’chirish mutlaqo bepul, va buni atigi uch qadamda amalga oshirish mumkin.

1 qadam

HUMANS savdo ofislaridan birida raqamni ko’chirishga ariza qoldiring. Albatta o’zingiz bilan raqam rasmiylashtirilgan hujjatni oling.

2 qadam

Xizmatlar ko’rsatish shartnomasi tuzilgandan so’ng vaqtinchalik raqamli HUMANS SIM-kertasiga ega bo’ling. Biz aynan shu SIM-kartaga sizning boshqa operatordan raqamingizni ko’chiramiz.

3 qadam

Raqam ko’chirish jarayonining boshlanganligi va yakunlanganligi haqida xabarni qabul qiling.

Ariza berishdan oldin, quyidagilarga ishonch hosil qiling:

  •     boshqa operatorda raqamingiz bloklanmagan;
  •     hisobingizda qarzdorlik yo’q;
  •     raqam sizning nomingizga rasmiylashtirilgan va ma’lumotlar amaldagi.

HUMANS bilan o’zingizning raqamingizni yo’qotmay, hoziroq mobil aloqaning eng yaxshi shartlarini tanlang.