Pul, aloqa, xaridlar – barchasi bir ilovada | Humans.uz

Qanday qilib Rossiyadan O’zbekistonga ortiqcha xarajatlarsiz pul o‘tkazish mumkin

Yangiliklar

Qanday qilib Rossiyadan O’zbekistonga ortiqcha xarajatlarsiz pul o‘tkazish mumkin

Qanday qilib Rossiyadan O’zbekistonga ortiqcha xarajatlarsiz pul o‘tkazish mumkin

Bu qo’llanmadan siz quyidagilarni bilib olishingiz mumkin:

  • Rossiyadan O’zbekistonga qanday usullar bilan pul-mablag’larini jo’natish mumkin. Ularning afzalliklari va kamchiliklari.
  • Xorijiy o’tkazmalarni yashirin to’lovlarsiz amalga oshiradigan ishonchli servislarni to’g’ri tanlash.
  • Komissiyasiz va yashirin to’lovlarsiz Rossiyadan O’zbekistonga 2 daqiqa ichida qanday qilib pul jo’natish mumkin.

Qanday usullar bilan Rossiyadan O’zbekistonga pul jo’natish mumkin?

1-usul: mustaqil tarzda, naqd pul ko‘rinishida

Zamonaviy texnologiyalarga ishonmaydiganlar uchun bu usul juda ham ishonchli tuyulishi mumkin. Biroq amalda elektron pullardan farqli ravishda ularni yo’qotish oson va topish qiyin. Eng asosiy nuqson – pul harakatlanishining tezligi. U to’g’ridan-to’g’ri pulni olib ketayotgan insonga bog’liq. Bu esa bir necha soatdan boshlab bir necha haftaga yoki hatto oylarga cho’zilishi ham mumkin.

Afzalligi: pul nazorat ostida, komissiyasiz va yashirin to’lovlarsiz

Kamchiligi: Pullar uzoq vaqt davomida yetib boradi, yo’lda naqd pulni yo’qotish ehtimoli mavjud.

2–usul: naqd pul bilan banklarning pul jo’natish bo‘limlari orqali

Yaqin-yaqingacha bu usul elektron to’lov tizimlari taraqqiyotiga qadar o’ta ommaviylashgan edi. Tezligi bo’yicha bu usul ham eng tezkori va eng qulayi emas: xalqaro pul jo’natmalari bo’limiga yetib borishi, navbatda turish, shaxsiy ma’lumotlar va pulni oluvchi haqida ma’lumotlar qayd etiladigan so’rovnomani to’ldirish uchun qulay vaqtni tanlash lozim. Pul oluvchi ham o’ziga yaqin bankka borishi, vaqt sarflab, navbatda turishiga to’g’ri keladi. Ko’pincha naqd pul jo’natmalari uchun komissiya ko’zda tutilgan. Ustiga ustak hozirgi pandemiya holatida gavjum joylarga borish va navbat kutish salomatlikka xavf solishi ehtimoli bor. Transportda manzilga yetib borish uchun ham jo’natuvchi, ham pul oluvchi qo’shimcha xarajat qilishi mumkin.

Afzalligi: pul naqd ko’rinishida yetib keladi
Kamchiligi: uzoq vaqt talab qiladi, qimmat, xavfsiz emas

(ko’pincha komissiya olinadi, transportga qo’shimcha xarajatlar, pandemiya holati davrida xavfdan holi emas, dam olish va bayram kunlari banklar ishlamaydi)

3-usul: pul jo’natmalari onlayn-xizmatlari yordamida

Shubhasiz, bu ayni holatda Rossiyadan O’zbekistonga xorijiy jo’natmalarning eng qulay va eng tezkor usuli. Bu usul orqali pullarni muhim ishlardan chalg’imagan holda, atigi bir necha daqiqa ichida jo’natish mumkin. Pul oluvchiga ham agar pullar kartaga qabul qilinadigan bo’lsa, ataylab vaqt ajratib pul qabul qilish uchun bank bo’limiga borib o’tirishning hojati yo’q. Uslubning nuqsoni shundaki, ba’zan agar jo’natuvchining oluvchi bilan ma’lumotlari muvofiq kelmasa, butun jarayonni qaytadan amalga oshirish (jo’natuvchi va oluvchining pasport ma’lumotlari, manzil, karta raqami va h.k.larni kiritsh) talab qilinadi. Shuningdek, bu usul xorijdan pul jo’natmalarining eng qimmat yoki eng arzon usuli bo’lishi mumkin – hammasi jo’natuvchi tanlagan xizmatga bog’liq. Bu haqda quyida bayon qilamiz.

Afzalligi: qulay, tez, tejamli, xavfsiz
Kamchiligi: ko’pincha registrasiya talab etiladi, yashirin komissiyalar ham bo’lib turadi

— jo’natma uchun faqat smartfon, internet va bank kartasi talab qilinadi; — pul oluvchi darhol pullarni olishi va istaganidek sarflashi mumkin; — pul bir necha daqiqa ichida yetib boradi; — pul jo’natuvchi va pul oluvchi bankka borib, mablag’ sarflashiga hojat yo’q; — jo’natma uchun komissiyasiz xizmatlar mavjud; — ishonchli servislarni qo’llab-quvvatlash xizmati doimo pullaringizni kuzatib, nazorat qilish va nimadir xato ketsa, vaziyatni tuzatishi mumkin; — ko‘pincha talaygina ma’lumotlar kiritilishi bilan birga ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi; — yashirin komissiya narxini to‘lamaslik uchun ishonchli servislarni tanlash kerak;
— ayrim servislar dam olish va bayram kunlari ishlamasligi mumkin.

Rossiyadan O’zbekistonga yashirin to’lovlarsiz va komissiyasiz pul jo’natmalari ishonchli servisini qanday to’g’ri tanlash mumkin?

Shunday qilib, biz pul jo’natmalarining eng qulay va tezkor usuli — bu onlayn-jo’natmalar ekanini aniqlashtirib oldik. Xo’sh, endi yashirin komissiyani sizdan yechib olmaydigan servisni qanday tanlab olish mumkinligini ko’rib chiqamiz. Dastavval komissiyani qanday usullar bilan yechib olishlari haqida aytib o’tamiz:

  1. Bevosita komissiya. Komissiya jo’natma miqdoridan foiz shaklida yoki qayd etilgan miqdor ko‘rinishida to’gridan-to’g’ri ko’rsatiladi.

pryamaya komissiya

  1. Bilvosita komissiya. Ayrim xizmatlar komissiya yo’q deb ko’rsatishlari mumkin, ammo u qo’shimcha servislar qiymati yoki valyuta kurslarining farqida yechib olinadi. Masalan, pul jo’natmasi 0% va 0 so’mni tashkil qilishi mumkin, lekin SMS-xabarnoma uchun pul yechishi mumkin. Yoki konvertatsiya kursini ko’proq pasaytirishlari mumkin: agar o’rtacha 1 rubl kursi banklarda 150 so’m bo’lsa, servis esa 1 rubl uchun 130 so’mdan hisoblashi mumkin. 10000 rubl’ jo’natmasida farq 200 000 so’mni tashkil qilishi mumkin, bu jo’natuvchi va pul oluvchi yo’qotadigan pul miqdori.

nepryamaya komissiya

  1. Bevosita va bilvosita komissiya. Bunday servislar jo’natma miqdoridan belgilangan miqdorda foiz yechib oladi va pastlatilgan kursni qo’llaydi. Bu eng qimmat pul jo’natish usuli.

    smeshannaya komissiya

Ortiqcha to‘lovlarning oldini olish uchun komissiya qiymati, kartadan yechiladigan yakuniy summa va pul oluvchiga yetib boradigan pul miqdorini ko’rsatadigan “shaffof” xizmatlarni tanlashni tavsiya qilamiz.

Mana shunday shaffof xizmatlardan biri bu – HUMANS.uz ilovasi.

O‘tkazma uchun komissiya - 0% SMS-xabarnoma – 0 so’m Yashirin to’lovlar – mavjud emas. Ilovada qanday summa yechilishi va pul qabul qiluvchiga yetib boradigan aniq summani ko’rish mumkin.

ekran app transgar

Qulayliklar:

  • Telefon raqami bo’yicha jo’natish mumkin
  • Ko’plab ma’lumotlarni kiritish shart emas
  • Rossiya banklarining istalgan kartalaridan jo’natish mumkin
  • Servis dam olish va bayram kunlarisiz ishlaydi
  • Qo’llab-quvvatlash xizmati har kuni 24 saot ishlaydi

Pul qabul qiluvchiga keshbek: 0.25%

Biz servislarning afzalliklarini qiyoslab ko’rishingiz uchun jadval tuzdik.

vorona uz 3

Rossiyadan O’zbekistonga 2 daqiqada va komissiyasiz qanday pul jo’natish mumkin

Biz HUMANS.uz servisidan foydalanishni tavsiya qilamiz.

**Bu qanday amalga oshiriladi?

**

Pul oluvchiga Humans operatorining SIM-kartasi va bank kartasi kerak bo’ladi (butun O’zbekiston bo’yicha bepul beriladi)

  • HUMANS.uz ilovasini yuklab oling
  • “Xorijiy o‘tkazmalar” ilovasini tanlang
  • O’tkazma usulini tanlang – telefon raqami yoki karta bo’yicha
  • jo’natish lozim bo’lgan summani so’m valyutasida kiriting
  • o’z kartangiz ma’lumotlarini kiriting va SMS orqali kod bilan to’lovni tasdiqlang.

Ilovaga o‘tish

SIM-karta buyurtma qilish