Nega Humans mobil aloqasida tariflar yo‘q
Chegirmalar
2020-yil 15-sentabrdan biz O‘zbekiston bo‘ylab Humans SIM-kartlarini tarqatishni boshladik. Mulohazalarda, 1234 qo‘llab-quvvatlash markazi orqali va savdo nuqtalarida eng ko‘p beriladigan savol mana bunday bo‘ldi: “Qanday qilib sizlarda tariflar bo‘lmasligi mumkin?”. Humans mobil aloqasi odatiy noqulay tariflardan voz kechdi.
Biz Humans’da mahsulotlar odamlarga foyda olib kelishi tarafdorimiz. Buning uchun har bir mijoz kundalik hayoti uchun aynan o‘ziga kerakligini tanlash imkoniga ega bo‘lishi kerak. Faqat foydalaniladigan xizmatlar uchun pul to‘lash – raqamli asrning eng asosiy erkinliklaridan biri. Aloqaning har jihatini tanlash imkoniyati kamdan-kam beriladi, Humans esa shunday imkoniyatni yaratib berdi. Humans aloqa konstruktori orqali quyidagilarni sozlash mumkin:
• Siz to‘lov kiritmoqchi bo‘lgan kunlar sonini – 3, 10 yoki 30.
• Tarifda cheksizgacha bo‘lgan daqiqalar miqdorini.
• Gigabaytlar miqdorini, shu jumladan cheksiz gigabaytlarni.
• Cheksiz WeChat, WhatsApp yoki IMO‘ni.
• VK, OK, Facebook, Instagram yoki TikTok ijtimoiy tarmoqlariga trafik sarfini bekor qilish.
• Yandex Music, Apple Music yoki Shazam orqali cheksiz musiqa tinglashni.
• YouTube, Twitch, Yandex Video va Tas-IX orqali cheksiz video ko‘rishni.
Humans foydalanuvchlari qanday xizmatlar to‘plamini tanlaganlaridan qat’i nazar, biz har birlariga bepul cheksiz Telegram taqdim etamiz. Konstruktor orqali 0 dan oshiq hajmda muloqot uchun daqiqalar yoki internet gigabaytlarini tanlasalar, xolos.
Shuningdek, har qanday aloqa paketini xarid qilganlarga biz Humans tarmog’i ichida cheksiz qo‘ng’iroqlarni sovg’a qilamiz.