Aloqa, komissiyasiz o'tkazmalar, bank kartasi, xaridlar, keshbek | HUMANS. Aqllilar ilovasi.

Humans'ning chiroyli raqamiga ilova orqali to'lov qilish bo'yicha qo'llanma

Chegirmalar

Humans'ning chiroyli raqamiga ilova orqali to'lov qilish bo'yicha qo'llanma
  1. HUMANS.uz ilovasining oxirgi versiyasini yuklab oling.

  2. Humans SIM-kartasini telefoningizga o'rnating.

  3. SIM-kartani akkauntingizga ulang. Agar siz yangi foydalanuvchi bo'lsangiz, o'zingizga akkaunt yarating.

    01

  4. Sizga raqamga to'liq to'lov qilish yoki uni 6/12/24/36 oy ichida bo'lib to'lash sharti bilan xarid qilish yoki chiroyli raqam buyurtmasini bekor qilish variantlari taqdim etiladi. Ilova siz tanlagan variantni eslab qolib, sizni asosiy sahifaga o'tkazadi. Agar siz to'lov turini tanlagan bo'lsangiz, ushbu bosqichni o'tkazib yuboring.

    02

  5. Asosiy sahifada "Hisobni to'ldirish" tugmachasini bosing.

    03

  6. Sizning telefon raqamingiz ekranda avtomatik ravishda paydo bo'ladi.

    04

  7. Tanlangan to'lov miqdoriga teng bo'lgan mablag'ni kiriting. Sizga chiroyli raqam bo'yicha to'lov summasi ko'rsatilgan SMS-xabar kelgan bo'lishi kerak.

    05

  8. To'lash uchun karta turini tanlang. Ushbu operatsiya uchun komissiya olinmaydi.

    06

  9. Karta ma'lumotlarini kiriting va to'lov amalga oshiring.

    07

  10. Hisobingizga mablag' o'tkazilgani haqida sizga SMS-xabar keladi.

    08