Aloqa, komissiyasiz o'tkazmalar, bank kartasi, xaridlar, keshbek | HUMANS. Aqllilar ilovasi.

Humans faol mijozlarining soni bir million nafardan oshdi

Yangiliklar

Humans faol mijozlarining soni bir million nafardan oshdi

Olti oy oldin, 2020-yilning noyabr oyida Humans o‘z xizmatlarini tijoriy asosda taqdim etishni boshladi. Hozir kompaniyada oxirgi uch oy mobaynida pulli asosda Humans xizmatlaridan foydalangan faol mijozlar soni bir millionga yetdi.

Kompaniya bozorga bitta mobil ilova doirasida bir vaqtning o’zida bir nechta xizmatlar bilan chiqdi: haqqoniy mobil operator, Humans VISA bepul bank kartasi hamda xizmatlarni to‘lash uchun to‘lov servisi.

Trafigi cheklanmagan internet va mobil ilovalardan cheksiz foydalanish imkoniyati O‘zbekiston foydalanuvchilarining orasida qisqa muddat ichida ommabop xizmatga aylandi. Shulardan biri — cheksiz Telegram, u daqiqalar va gigabaytlar paketi xarid qilinganida sovg‘aga beriladi. Shunday qilib, bugungi kunda Humans’ning 85% mijozlari internetga cheksiz kirish imkoniyatidan foydalanadilar.

HUMANS.uz ilovasi orqali 5 mingta hamkorlarning tovarlari va xizmatlarini to‘lash mumkin, Humans VISA bank plastik kartasi esa O‘zbekiston bo‘ylab 400 mingdan ortiq POS-terminallarda qabul qilinadi. So‘nggi 6 oy ichida Humans mijozlari HUMANS.uz ilovasi va Humans VISA kartasi orqali 6 million AQSh dollaridan ortiq summaga teng 1.5 millionta xaridlarni amalga oshirishdi.

May oyining boshida kompaniya to‘laqonli keshbek-servisni ishga tushirdi — Humans mijozlari mobil ilovada keshbek yig‘ishlari va uni aloqa xizmatlariga sarflashlari mumkin. Hozirgi kunda 850 mingdan ortiq Humans mijozlari milliarddan ortiq bonus so‘m mablag‘ini sarflab, shu pul miqdoriga teng tarzda aloqa xizmatlaridan bepul foydalanishdi.

“Aloqa xizmatlaridan odatdagidek foydalanish hamda HUMANS.uz ilovasi orqali har qanday xizmatlarni to‘lash yanada ko‘proq foyda olib kelishi uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz”,

- deydi Vladimir Dobrinin, Humans asoschisi va bosh direktori.