Aloqa, komissiyasiz o'tkazmalar, bank kartasi, xaridlar, keshbek | HUMANS. Aqllilar ilovasi.

Humans O‘zbekistonga kelganiga bir yil bo‘ldi

Yangiliklar

Humans O‘zbekistonga kelganiga bir yil bo‘ldi

Roppa-rosa bir yil oldin, 2020-yil 16-iyun kuni Humans kompaniyasi O‘zbekistonda biznes boshlagani haqida e’lon qildi. Bugungi kunda kompaniya bir vaqtning o‘zida uyali aloqa, moliya hamda to‘lov servislarini bitta ilova asosida taqdim etmoqda. Humans mijozlarining soni — bir milliondan ortiq. Humans brendi ekspertlar talqiniga ko‘ra “2020-yil brendi”, deb tan olindi.

2020-yil. Iyun. Kompaniyaning Ilk onlayn-taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Google Play va App Store’da HUMANS.uz ilovasi paydo bo‘ldi. HUMANS.uz birinchi hafta davomida App Store’da “Moliya” toifasida eng ko‘p yuklab olingan ilovaga aylandi.

2020-yil. Iyul. Tovarlar va xizmatlarni xarid qilish uchun mo‘ljallangan onlayn-vitrina ishga tushdi. Kompaniya bozorda birinchi bo‘lib ilova orqali to‘lashda nafaqat tijoriy operatsiyalar, balki davlat to‘lovlar uchun ham keshbek taqdim etishni boshladi.

HUMANS.uz ilovasini 200 000 nafar odam yuklab oldi va o‘rnatdi.

Ilova ishga tushirilgan vaqtdan bir oy o‘tib, Humans foydalanuvchilar 500 million bonus so‘m olishdi.

2020-yil. Avgust. Uyali aloqa xizmatlari va Humans VISA bank kartalarining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Hisobi so‘m valyutasida olib boriladigan birinchi Humans VISA bank kartasi keng imkoniyatlar bilan taqdim etildi — do‘konlarda xaridlar, onlayn-to‘lovlar hamda dunyo bo‘ylab mahalliy valyutada naqd pul yechish imkoniyatlari.

App Store’da HUMANS.uz ilovasi O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olinadigan ilovaga aylandi.

2020-yil. Sentabr. Sentabrdan boshlab noyabr oyigacha 600 ming nafar odam Humans’dan bepul internet va aloqadan foydalanishdi. Kuniga 18 000 nafargacha yangi mijoz ulandi.

2020-yil. Noyabr. Kompaniya tijoriy faoliyatini boshladi. Mobil aloqa xizmatlarini taqdim etish doirasida ommabop mobil ilovalar (YouTube, Instagram, Telegram va h.k.)ga cheksiz kirish imkoni kompaniyaning O‘zbekistondagi eng asosiy raqobatbardosh afzalligiga aylandi. Bugun 85% foydalanuvchilar internetga cheksiz kirish xizmatlarini ulab, undan foydalanishadi.

2021-yilning fevral oyida Humans VISA virtual bank kartasini faollashtirish imkoni paydo bo‘ldi. Mashhur savdo-sotuv maydoniga aylagan AliExpress bilan hamkorlikda birinchi aksiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu aksiya doirasida Humans foydalanuvchilari xaridlar uchun chegirmalar olishdi.

2021-yil. Mart. Kompaniya 50 ming so‘mga 30 kun davomida mutlaqo bepul va cheksiz internetga kirish imkonini taqdim etishni boshladi, cheksiz qo‘ng‘iroqlarini esa – atigi 35 000 so‘mga. Bungacha O‘zbekistonda cheksiz mobil internet tariflarining narxi bunchalik arzon bo‘lmagan.

2021-yilning aprel oyining oxirida Humans foydalanuvchilari aloqa xizmatlarini keshbek evaziga xarid qilish imkoniga ega bo‘lishdi: daqiqa va gigabaytlar kiritilgan xizmatlar paketi, cheksiz trafikli ilovalar, cheksiz qo‘ng‘iroqlar va internet, shuningdek, keshbek bilan chiroyli raqam xarid qilish imkoni.

2021-yil. May. Humans “Mobil operatorlar” toifasida ekspertlar talqini bo‘yicha “2020-yil brendi” sovriniga sazovor bo‘ldi.

Humans asoschisi va rahbari Vladimir Dobrinin mazkur davrga qadar bir million nafardan ortiq mijoz kompaniyaning pulli servislaridan foydalanganligi hamda mijozlar tomonidan 6 million AQSh dollaridan ortiq summaga teng 1.5 millionta xarid operatsiyalari amalga oshirilgani haqida xabar berdi.

2021-yil. Iyun. Humans ilovasi ishga tushirilganiga bir yil bo‘ldi, ushbu muddat davomida Humans foydalanuvchilar 14 milliard bonus so‘m olishdi.

“Global inqiroz, resurslarning chegaralanganligi hamda yangi bozor biz uchun jiddiy chaqiruvga aylandi, ammo bu omillar roppa-rosa bir yil oldin oldimizga qo‘ygan aksariyat maqsadlarimizni amalga oshirishga to‘sqin bo‘la olmadi. Biz startapdan O‘zbekistondagi to‘laqonli keskin rivojlanib borayotgan kompaniyaga aylandik”, - deb ta’kidladi Vladimir Dobrinin.