Aloqa, komissiyasiz o'tkazmalar, bank kartasi, xaridlar, keshbek | HUMANS. Aqllilar ilovasi.

Humans VISA virtual va plastik kartalari bilan internetda xaridlar

Chegirmalar

Humans VISA virtual va plastik kartalari bilan internetda xaridlar

Humans VISA virtual va plastik kartalari bilan turli servislar narxini to‘lash uchun bemalol foydalanish mumkin. Bu xavfsiz va qulay.

Bizning kartalarimizdan App Store va Google Play'da foydalanish mumkin, bu yerda o‘zingizning sevimli, o‘yinlaringiz, ilovalaringiz, filmlaringiz va kitoblaringizni topishingiz mumkin.

Kartalardan nafaqat bir martalik to‘lov, balki to‘lov avtomatik tarzda yechib olinadigan obunachilik asosida taqdim etiladigan servislarda ham foydalanish mumkin. Masalan, seriallar va filmlarni tomosha qilish mumkin bo‘lgan Netflix, Kinopoisk, IVI kabi striming servislarga bog‘lash mumkin.

Kartadan internet-do‘konlardagi xaridlar uchun ham foydalanish mumkin. Jumladan, kartalarimiz AliExpress, Amazon, iHerb, eBay va boshqa savdo do‘konlarida qabul qilinadi. Pul avtomatik ravishda kerakli valyutaga konvertatsiya qilinadi, to‘lovlar esa bir zumda o‘tadi.

Hozirda Humans VISA kartalari yordamida bizning mijozlarimiz mobil o‘yinlar va ilovalarni xarid qilishmoqda, kiyim-kechak va buyumlarga onlayn buyurtma berishmoqda, xayr-ehson jo‘natishmoqda, pul chiqarishmoqda, reklama, taksi, yetkazish xizmati va yana boshqa ko‘p narsalar uchun foydalanishmoqda. Bizning kartamizdan internetda foydalanish – xavfsiz.

Mobil ilovada tugmani bir marta bosish bilan Humans kartasidan internet-do‘konlarda to‘lovlarni o‘chirish mumkin. Bunda agar shubhali harakatlarni payqagan bo‘lsangiz, bir zumda kartadan pul yechilishini to‘xtatishingiz mumkin.

Humans VISA balansini to‘ldirish oson, Humans telefon raqamini bilsangiz kifoya.

Sizning Humans VISA kartangiz doim HUMANS.uz ilovasida mavjud. Uni bu yerda faollashtirish mumkin.

HUMANS.uz App Store va Google Play'da.