Aloqa, komissiyasiz o'tkazmalar, bank kartasi, xaridlar, keshbek | HUMANS. Aqllilar ilovasi.

O’zbekiston hududida amalda bo’lgan tarif rejalaridagi o’zgarishlar

Yangiliklar

O’zbekiston hududida amalda bo’lgan tarif rejalaridagi o’zgarishlar

2021-yilning 28-oktabridan kontent-provayderlarning quyidagi qisqa raqamlariga ovozli qo’ng’iroqlar narxi o’zgarmoqda: 1001, 1004 – daqiqasi 200 UZS; 1009 – daqiqasi 1000 UZS; (71) 2000100, (71) 2000505 – daqiqasi 400 UZS; (71) 2000101 – daqiqasi 1000 UZS.

“Raqam almashtirish” xizmatini ko’rsatishda raqam almashtirish imkoniyatlari miqdori amaldagi Shartnoma muddati mobaynida 20 ta bilan cheklangan. Umumiy tarifikatsiya prinsiplariga quyidagi qo’shimchalar kiritildi: “Agar har oyning 29-sanasida quyidagi shartlarga rioya qilinsa:

a) mijoz ketma-ket 60 va undan ortiq kalendar kuni davomida pulli Xizmatlardan foydalanmasa;

b) ketma-ket 60 va undan ortiq kalendar kuni davomida Mijozning Shaxsiy hisobidan pul yechib olinish kabi holatlar bo’lmasa;

d) agar Mijozning ulangan Tarif paketi yoki Opsiyasi mavjud bo’lmasa, oyiga 12 000 UZS miqdorda abonent to’lovi yechiladi. Abonent to’lovi Shaxsiy hisob balansi 0 ga tenglashguniga qadar har oyda yechib olinadi. Yuqoridagi abonent to’lovi yechilishida yuqorida qayd etilgan a) va b) bandlarida belgilanganidek pulli Xizmatlardan foydalanish yoki Mijoz Shaxsiy hisob balansidan yechib olish sifatida hisobga olinmaydi.

“Alohida toifadagi raqam berish” xizmatlari shartlari, aynan “xizmat uchun navbatdagi to’lovni yechib olish paytida Shaxsiy hisobda amaldagi xizmatning tegishli davri to’lovi uchun yetarlicha mablag’ bo’lishi kerak” degan o’zgarishlar kiritilmoqda. Agar Mijoz amaldagi xizmat davri uchun 30 (o’ttiz) kalendar kuni ichida to’lov narxini to’lamasa, xizmat ko’rsatish to’xtatiladi (xizmat to’lanmagan amaliy davri boshidan buyon ko’rsatilmagan hisoblanadi). Bu holatda Mijozga xizmat ko’rsatish Provayder lozim topishiga qarab, boshidan shartnoma tuzilgan paytda Abonent raqami, yoki boshqa raqam qo’llanilishi o’laroq davom ettiriladi. O’tish davri bir necha kun Ichida amalga oshiriladi. O’tish va abonent raqami kuni to’g’risida Mijoz SMS-havola yoki Ilova orqali xabardor etiladi va Mijozga Shartnoma bo’yicha xizmat ko’rsatish davom ettiriladi”. “O’zbekiston hududida amalda bo’ladigan Tarif rejalari” bayon qilingan o’zgarishlar inobatga olingan holda 2021-yilning 28-oktabrida Operator saytida joylashtiriladi.