Aloqa, komissiyasiz o'tkazmalar, bank kartasi, xaridlar, keshbek | HUMANS Borku. Bemalol Aloqada.

Endi Humans internetini boshqa qurilmalarga ham tarqatish mumkin

Yangiliklar

Endi Humans internetini boshqa qurilmalarga ham tarqatish mumkin

Humans’da “Tethering” ishladi. Bu esa endi siz Bluetooth yoki Wi-Fi orqali boshqa qurilmalarga internet tarqatishingiz mumkin degani. Internet tarqatish tizimi qanday ishlaydi va bu narxlashda qanday aks etadi:

  1. Siz gigabaytlarni xarid qilgansiz, paketda esa cheksiz ilovalar yo‘q. Agar ulangan qurilmalar orqali internetdan foydalansangiz, unda smartfon orqali internet qanday sarflanadigan bo‘lsa, qurilma orqali ham huddi shunday hajmda trafik sarflanadi.
  2. Siz gigabaytlarni va cheksiz ilovalarni xarid qilgansiz. Agar siz ilovalardan cheksiz foydalanish xizmatini ulab, ulardan boshqa qurilma orqali foydalansangiz, internet paket hisobidan sarflanadi. Agar shu vaqtning o‘zida tarqatuvchi qurilma orqali cheksiz ilovalardan foydalansangiz, internet asosiy paketdan sarflanmaydi.
  3. Siz cheksiz internet xizmatini ulagansiz. Bunday holatda internetni tarqatish funksiyasi ishlamaydi. Tez orada cheksiz internet ulanganida boshqa qurilmalarga ma’lumot uzatish shartlarini yangilaymiz.

Boshqa qurilmalarga ma’lumot uzatish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar Humans tarifikatsiyasining umumiy prinsiplarida keltirilgan. Ular bilan mana bu yerda tanishib chiqshingiz mumkin.