Aloqa, komissiyasiz o'tkazmalar, bank kartasi, xaridlar, keshbek | HUMANS Borku. Bemalol Aloqada.

Doʻstlaringizni taklif qilib, cheksiz keshbek ishlang

Chegirmalar

Doʻstlaringizni taklif qilib, cheksiz keshbek ishlang

Humansʼda bonuslar dasturi amal qiladi. Unda barcha mijozlarimiz ishtirok etishi mumkin. Unda ishtirok etish uchun Humansʼga avval ulanmagan doʻstlaringizni taklif qiling va keshbek oling. Keshbekni esa aloqa xizmatlariga sarflashingiz mumkin.

Bonus dasturi qanday islaydi?

Hali Humans mijozi boʻlishga ulgurmagan doʻstingizni 1000 dan 5000 UZS gacha keshbek joʻnatish orqali taklif qiling. Doʻstingiz taklifni qabul qilib, Humans SIM-kartasini ulashi bilan biz sizga siz joʻnatgan keshbekni ikki baravar koʻpaytirgan holda qaytaramiz. Masalan, siz doʻstingizga 5000 UZS joʻnatsangiz, doʻstingiz taklifni qabul qilgan zahoti sizga 10 000 UZS qaytariladi.

Xavotirlanmang, hatto doʻstingiz taklifni qabul qilmagan taqdirda ham, siz bonuslaringizni yoʻqotmaysiz – biz ularni sizga qaytarib beramiz.

Doʻstlarni qanday taklif qilib, keshbek olish mumkin?

• HUMANS.uz ilovasiga kiring • “Keshbek” boʻlimiga oʻting • Bonus x2 sahifasini oching • “Bonus ulashing” tugmasini bosing • Doʻstingizning telefon raqami va keshbek summasini (1000 dan 5000 UZSgacha) kiriting

Dastur boʻyicha nechta doʻstni taklif qilish mumkin?

Taklif qilish boʻyicha cheklovlar yoʻq.

Masalan, siz har oy 10 nafar doʻstingizni har biriga 5000 UZSdan joʻnatib, taklif qilishingiz mumkin. Shunda siz oyiga 50 000 UZS ishlab olib, cheksiz internetdan bepul foydalanishingiz mumkin bo‘ladi.

Qancha koʻp doʻstlaringizni taklif qilsangiz – shuncha koʻp keshbek olasiz.