Pul, aloqa, xaridlar – barchasi bir ilovada | Humans.uz

Do'stlarning ko'p bo'lgani yaxshi! Siz ularga bonus o’tkazing va o’zingiz ikki baravar ko'p bonusga ega bo'ling

Maqolalar

Do'stlarning ko'p bo'lgani yaxshi! Siz ularga bonus o’tkazing va o’zingiz ikki baravar ko'p bonusga ega bo'ling

Do'stlarning ko'p bo'lgani qanday yaxshi! Ularga har doim quvonch ulashish mumkin. Biz ilovamizdan do'stlaringiz bilan birga zavqlanishingizni xohlaymiz. Buning uchun biz referal dastur o'ylab topdik. Ushbu dastur doirasida hamma bir-biriga nimadir ulashadi.

Eng avvalo dasturga o'zingiz qo'shilasiz. Buning uchun ilovani yuklab olib, «Uzcard» yoki «HUMO» bank kartasini unga bog'laysiz, va biz sizga 5000 UZS taqdim qilamiz. Siz ushbu bonusni o'z ixtiyoringizga ko'ra sarflashingiz mumkin, biroq mablag'ni boshqalarga ulashsangiz, bu eng to'g'ri va aqlli qaror bo'ladi.

«HUMANS» bonus hisobidan do'stingiz yoki qarindoshingizga 1000-5000 UZS jo'natasiz. U ilovani o'rnatib, unga kartani bog'laydi va nafaqat siz yuborgan mablag'ni, shuningdek qo'shimcha 5000 so'mni ham qo'lga kiritadi. Biz esa siz jo'natgan summani ikki baravar oshirib, hisobingizga o'tkazamiz. Shunday qilib, do'stlaringizdan o'ntasini taklif qilsangiz, 50000 UZS'ga ega bo'lasiz. Yig'ilgan mablag'larni 18 avgustda maxsus takliflarga sarflash mumkin bo'ladi. Biz taklif qilish mumkin bo'lgan do'stlar sonini hamda qo'lga kiritish mumkin bo'lgan bonuslar miqdorini also cheklamaymiz.

Biz nega bunday qilayapmiz? Biz «HUMANS» O'zbekistonda ommabop ilovaga aylanishini, mamlakat aholisi uning qulayligiga baho berishini xohlaymiz. Har yoqda reklamaga sarf-xarajat qilgandan ko'ra, yaxshisi pullarni ilova foydalanuvchilariga beramiz. Siz do'stlaringiz bilan birga xizmatlarimizdan foydalanasiz, hamkorlarimiz xizmatlariga pul to'lab, keshbek ishlab olasiz, biz esa ilovamizni yanada yaxshilashda va o'sishda davom etamiz. Bundan hamma yutadi, ayniqsa foydalanuvchilar.

Yana bir muhim jihat. Yig'ilgan bonuslarni «HUMANS»ning banklarida naqd pulga almashtirib olish mumkin bo'ladi. Banklar 2020 yil avgust oyidan boshlab o'z faoliyatini boshlaydi. Bu bizning maqsadlarimiz jiddiy ekanligini yana bir bor isbotlaydi. Bizgacha hali hech kim bunday taklif bilan chiqmagan edi. Referal dasturimizni biz insoniy yondashuv asosida ishlab chiqdik, ya'ni sizdan bor-yo'g'i mahsulotlarimizdan tez-tez foydalanib turish va ular haqida do'stlaringizga aytib berish talab etiladi, xolos.