Aloqa, komissiyasiz o'tkazmalar, bank kartasi, xaridlar, keshbek | HUMANS Borku. Bemalol Aloqada.

50 000 so‘mga cheksiz internet. Cheksiz qo‘ng‘iroqlar - 35 000 so‘m

Yangiliklar

50 000 so‘mga cheksiz internet. Cheksiz qo‘ng‘iroqlar - 35 000 so‘m

Yangilangan xizmatlar paketi!

2021-yil 4-martdan Humans xizmatlar paketining lineykasini yangilamoqda. Endi 30 kunlik cheksiz internet narxi 50 000 so‘m, cheksiz qo‘ng‘iroqlar esa — 35 000 so‘m bo‘ladi. Bunda qanchadir miqdorda daqiqalar yoki gigabaytlar sarflanganida cheklanmalar o‘rnatilmaydi.

Xohlaganingizcha yaqinlaringiz bilan Telegram orqali muloqot qilishingiz, Instagram'da "storiz"larni suratga olishingiz, YouTube'da video tomosha qilishingiz, TikTok tarmog'iga roliklar yuklashingiz hamda O'zbekiston bo‘ylab do‘stlaringizga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Diqqat! 2021-yil 4-martga qadar cheksiz internet va/yoki qo‘ng‘iroqlarni ulagan mijozlar yangilangan shartlardan faqatgina joriy paketning amal qilish muddati tugaganidan keyin foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Humans’ning barcha joriy mijozlari yangilangan shartlarda xizmatlardan foydalanishlari uchun HUMANS.uz ilovasida cheksiz internet va/yoki cheksiz qo‘ng‘iroqlarni tanlab, yangilangan paketning faollashtirilishini yangi davrga rejalashtirishlari lozim.

Yangilangan aloqa konstruktori