Aloqa, komissiyasiz o'tkazmalar, bank kartasi, xaridlar, keshbek | HUMANS Borku. Bemalol Aloqada.

Cheksiz «Telegram» abadiy

Chegirmalar

Cheksiz «Telegram» abadiy

Maxsus takliflarimiz haqida so'z yuritamiz. Bizning takliflarimizning noyobligi shundaki, ularni oddiy pulga sotib olib bo'lmaydi. Ularni xarid qilish uchun bonus yig'ish bizning referal dasturimiz asosini tashkil qiladi. Biroq ilova ichidagi operatsiyalardan olingan keshbeklar orqali ham bonus yig'ish mumkin.

Bizning noyob takliflarimizdan biri – bu cheklanmagan «Telegram». Ushbu xizmatni 500 000 UZS evaziga ulab, ilovadan bir umr foydalanish mumkin bo'ladi. Bundan tashqari, balansda mablag' bo'lmaganida ham, aloqa xizmatlariga pul to'lanmagan taqdirda ham, «Telegram»ni bemalol ishlatsa bo'ladi. Ilovani istalgan payt ochib, undan foydalanaverasiz.

Hammasi aynan shunday bo'ladi, hech qanday to'sqinliklar yo'q. O'zbekiston bozorida bunga o'xshash taklif hali bo'lgan emas. Biroq ushbu xizmatni aktivatsiya qilish vaqti cheklangan, uni qo'lga kiritishga ulgura olish kerak, chunki keyinchalik takliflar o'zgarib, xizmat dolzarbligini yo'qotadi. O'zbekistonda «Telegram» internet foydalanuvchilarining hayotida muhim rol o'ynaydi. Biz buni yaxshi bilamiz va shuning uchun siz orzu qilgan imkoniyatni sizga taqdim qilayapmiz.

Kompaniyamiz uchun bu butunlay yangi mahsulot taklif qilish imkoniyatini yaratadi. Uni qo'lga kiritish uchun «HUMANS» foydalanuvchilari ilovani rivojlantirishda faol ishtirok etishadi. Kompaniyaga bu qanday foyda keltiradi? Biz mahsulotni ishga tushirish, ya'ni marketing va reklama, ijara, turli maydonchalarda pullik ilgari surish bilan bog'liq ko'plab jihatlarda tejamkorlik qilishga intilamiz. Ammo shunga aminmizki, so'nggi foydalanuvchi haddan tashqari foydali narsani qo'lga kiritadi va albatta uni do'stlariga maslahat qiladi.

Bepul «Telegram» qo'lga kiritishga ulguring!