Aloqa, komissiyasiz o'tkazmalar, bank kartasi, xaridlar, keshbek | HUMANS. Aqllilar ilovasi.

Biz virtual bank kartasini ishga tushirdik

Yangiliklar

Biz virtual bank kartasini ishga tushirdik

Endi Humans mijozlari Humans VISA virtual bank kartasidan foydalanishlari mumkin.

Uning yordamida internetda har qanday to’lovlarni amalga oshirish, masalan, AliExpress, AppStore, Google Play, Amazon, Netflix, Yandex, Steam va boshqa internet-do’konlar va servislarda to’lov qilish mumkin.

Humans'da virtual/plastik karta va telefon raqami uchun yagona hisob amal qiladi. Yagona hisobni ilova yoki humans.uz saytida telefon raqami orqali dunyoning istalgan nuqtasidan to'ldirish mumkin.

Ya'ni virtual kartaga pul o'tkazish juda oson!

Karta chiqarilishi va unga xizmat ko'rsatilishi - bepul.

Humans VISA virtual kartasi 3DS texnologiyasi bilan himoyalangan.

Virtual kartani qanday faollashtirish va undan qanday foydalanish mumkin:

  1. HUMANS.uz ilovasini yangilang va oching. “Kartalar” bo‘limiga o‘ting.
  2. Agar siz bank xizmatlarining Shartnomasini (BXSh) tuzgan bo‘lsangiz, Humans VISA virtual kartasi faollashtirish mumkin bo‘lgan ro‘yxatda birinchi bo‘ladi. Faollashtirilmagan kartada uning raqami ikonka ostida yashirilgan bo‘ladi.
  3. Humans VISA kartasini tanlang va kartani faollashtirish uchun “Rekvizitlar”ga bosing. Karta shu zahoti faollashtiriladi. Endi siz uning rekvizitlarini ko‘rishingiz mumkin.
  4. Internetda xaridlarni boshlash uchun sizga quyidagi ma’lumotlar kerak bo‘ladi: karta egasining ismi va familiyasi, kartaning amal qilish muddati, 16 xonali raqam va CVC-kod. Virtual karta uchun so‘nggi ikkita parametr ilovaning o‘zida yashirilgan bo‘ladi. Ularni “Ko‘rsatish” tugmasiga bosib, ko‘rish mumkin. Sizning xavfsizligingizni ta’minlash maqsadida kartaning amal qilish muddati va CVC bir vaqtning o‘zida ko‘rsatilmaydi. Bir daqiqa o‘tgach, ikkala parametr yana yashirin holatga keladi.

Humans VISA plastik kartasi kabi virtual karta uchun ham qo‘shimcha xavfsizlik tizimi sifatida ilovada onlayn-to‘lovlarni o‘chirish imkoni bor. Buni karta sozlamalaridagi oddiy o‘chirib-yoqish uchun mo‘ljallangan tugmacha orqali amalga oshirish mumkin.