Aloqa xizmatlariga ulanish

Tarifni qanday ulash mumkin?

Va HUMANS tarmog'i ichida bepul qo'ng'iroqlarni qabul qilish

1

Ilovani yuklab oling yoki yangilang

Shunchaki Google Play yoki App Store'ga havola orqali o‘ting

Ilovani yuklash
2

HUMANS SIM-kartasini smartfoningizga o'rnating

Agar SIM-kartangiz yo'q bo'lsa, siz uni uyingizgacha yetkazishga buyurtma berishingiz mumkin.
Agar smartfoningizda SIM-karta uchun bir nechta slot bo‘lsa, HUMANS SIM-kartasini birinchisiga o‘rnating, sozlamalarda HUMANS SIM-kartasi orqali ma’lumot uzatishni tanlang.

Agar smartfonda xatolik aniqlansa, boshqa barcha SIM-kartalarni chiqarib turing va HUMANS SIM-kartasini birinchi slotda qoldiring.

Buyurtma qilish SIM-karta
3

Faollashtirish jarayoni samarali o‘tishi uchun Wi-Fi’ni o‘chiring

Xatolik yuz bersa, ilova va smartfonni o‘chirib, yoqing.

4

SIM-kartani faollashtiring

Buning uchun ilovaga kiring va SIM-kartani akkauntingizga bog'lang. Agar siz yangi foydalanuvchi bo'lsangiz, avval ro'yxatdan o'ting.

Agar avval ilovadan foydalangan bo‘lsangiz — SIM-kartani akkauntga bog‘lang.

5

Aloqa bo'limiga kiring

"Paket yig'ish" tugmachasini bosing

6

Qancha daqiqa va gigabayt kerak bo'lsa tanlang

Siz tez-tez foydalanadigan ilovalarni cheksiz qilishingiz mumkin. Shunda ular mobil Internetni sarflamaydi.

7

To'lov shaklini to'ldiring

Telefon raqamingiz tegishli qatorda ko'rsatilgan bo'ladi. Siz faqat kerakli summani kiritishingiz, to'lov uslubini tanlashingiz, kartani bog'lashingiz va karta ma'lumotlarini tasdiqlashingiz lozim bo'ladi. Hisob to'ldirish uchun komissiya olmaymiz.

8

Pul kelib tushgani haqida SMS-xabarni kuting

Shundan so'ng tanlovingizni tasdiqlashingiz kerak — va barcha xizmatlar bir daqiqa ichida faollashtiriladi.

9

Xizmatlar holatini tekshirib turing

Aloqa bo'limida xizmatlar holatini tekshirishingiz, hisobingizda qancha daqiqa va trafik qolganini kuzatib borishingiz mumkin. HUMANS abonentlari o'rtasidagi qo'ng'iroqlar har qanday sotib olingan daqiqalar paketi uchun bepul.

HUMANS abonentiga aylaning

Xizmatlar paketini faqat ilovada ulash mumkin