Aloqa, komissiyasiz o'tkazmalar, bank kartasi, xaridlar, keshbek | HUMANS Borku. Bemalol Aloqada.

Humans mobil operatori va bank kartasining taqdimoti

Yangiliklar

Humans mobil operatori va bank kartasining taqdimoti

Humans kompaniyasining asoschisi Vladimir Dobrinin 2020-yil 18-avgust kuni HUMANS.uz ilovasi orqali tez kunlarda ishga tushishi kutilayotgan yangi mahsulotlar — Humans mobil operatori va Humans VISA bank kartalarining taqdimotini o'tkazdi.

Karantin joriy etilgani va xodimlarning deyarli 80 foizi masofadan ishlash tartibiga o'tganiga qaramay, biz shu oylar davomida sizlar uchun yangilik taqdim etish maqsadida ishlashda davom etdik. Ba'zan bu biz rejalashtirgan sur'atda yuz bermaydi. Vaziyat rejalarimizga o'zgarish kiritadi va bu bizni, albatta, ranjitadi. Lekin biz o'z rejalarimizdan bir daqiqaga bo'lsa ham voz kechganimiz yo'q va ularning barchasini amalga oshiramiz.

— dedi Vladimir Dobrinin.

300 mingdan ortiq o'zbekistonliklar Humans ilovasini App Store va Google Play'dan yuklab olishdi. Ilova orqali Humans onlayn-to'lovlar vitrinasida taqdim etilgan tovar va xizmatlarga to'lov qilish, bajarilgan barcha amaliyotlar uchun keshbek olish, shuningdek noyob takliflarni xarid qilish uchun bonus so'mlarini to'plash mumkin.

Ilovamizni yuklab, unga kartasini bog'lagan barcha xayrixoh mijozlarimizga faoliyatimiz boshlanishida bizni qo'llab-quvvatlaganlari uchun 15 ming bonus so'mlarini o'tkazib beriladi.

Bugun men bizning ilovamizdan foydalanayotgan, bizga muvaffaqiyat tilayotgan va bizni qo'llab-quvvatlayotgan Humans'ning barcha foydalanuvchilariga rahmat demoqchiman.

— dedi Humans asoschisi foydalanuvchilarga murojaat qilar ekan.

Humans mobil operatorining ishga tushishi va uning doirasida bank kartalarining chiqarilishi 2020-yilning 15-sentyabriga mo'ljallangan. 19-avgustdan boshlab SIM-kartalarga oldindan buyurtma berish imkoni taqdim etiladi. Buyurtma bergan mijozlar bir oydan ko'proq vaqt davomida aloqa xizmatlari va mobil internetdan mutlaqo bepul foydalanishlari mumkin bo'ladi.