Tovar, xizmat va jarimalarga to'lov qiling - barchasi uchun keshbek ishlab oling
Yangiliklar
HUMANS.uz doirasida faoliyat olib boradigan onlayn to'lovlar vitrinasi ishga tushdi. Endi ilovamiz foydalanuvchilari nafaqat referal dastur orqali bonus to'plashlari, balki keshbek yordamida hisoblaridagi bonuslarni ko'paytirishlari ham mumkin.
O'zbekiston tarixida ilk bor faqatgina tovar va tijorat xizmatlarini to'lash uchun emas, balki davlat xizmatlariga qilingan to'lovlar uchun ham keshbek taqdim etiladi. Ya'ni HUMANS.uz har bir bajarilgan operatsiya uchun mijozlariga keshbek beradi. Foydalanuvchi har qanday to'lovni amalga oshirganida pulning bir qismi uning keshbek-hisobiga shu zahoti qaytariladi.
«Humans ishga tushishida biz faqat ma'lum tovar va xizmatlarga qilingan to'lov uchun emas, balki barcha to'lovlar uchun keshbek berishni va'da qilgan edik. Bugun biz o'z va'damizni bajarmoqdamiz.
Siz hozirgacha biror marta jarima to'laganingizda yoki suv, chiroq, isitish tizimi uchun to'lov qilganingizda keshbek olganmisiz? Humans'da - olasiz. Odamlar, bir stakancha kofe sotib olishadimi, trenajyor zalga borishadimi yoki soliqlarni to'lashadimi - barchasi uchun keshbek qo'lga kiritishlari kerak. Bu insoniy jihatdan to'g'ri va biz buning ustida ishlamoqdamiz.
Bundan tashqari, to'lovlaringiz miqdori 500 000 so'mdan oshsa, siz keshbek hisobingizga 5 000 so'm bonus qabul qilib olasiz»
— deydi Humans asoschisi Vladimir Dobrinin.
HUMANS.uz ilovasida ko'plab tovar va xizmatlarga, jumladan do'konlar, supermarketlar, qahvaxonalar, restoranlar va trenajyor zallariga to'lov qilish mumkin. Hamkorlar ro'yxati tizimda doimiy ravishda to'ldirib boriladi. Tizimning faoliyatini ta'minlovchi to'lov tashkiloti rolini CLICK kompaniyasi bajaradi.
HUMANS.uz ilovasi orqali UzCard va HUMO bank kartalari bilan to'lov qilish mumkin. Kartalar ulanish paytida ilovaga bog'lanadi.