Aloqa, komissiyasiz o'tkazmalar, bank kartasi, xaridlar, keshbek | HUMANS. Aqllilar ilovasi.

Hisobingizda qancha ko‘p pul bo‘lsa, shuncha ko‘p keshbek olasiz

Yangiliklar

Hisobingizda qancha ko‘p pul bo‘lsa, shuncha ko‘p keshbek olasiz

Humans foydalanuvchilarining hisoblarida pul bo‘lsa, ular yanada ko‘proq keshbek olishadi. Barcha mijozlarimizga har kuni hisoblaridagi qoldiqdan yillik 20% hisobda keshbek beramiz.

Masalan, agar 31 kun mobaynida hisobingizdagi pul 3 million so‘mdan kamaymasa, yig‘ilgan keshbek evaziga 30 kunga beriladigan 50 000 so‘mlik cheksiz internet ulashingiz mumkin bo‘ladi.

3 000 000 so‘m x 20% / 12 oy ≈ 50 000 so‘m.

Shunday qilib, hisobingizda qancha ko‘p pul bo‘lsa, shuncha ko‘p bonus so‘mga ega bo‘lasiz.

Har qanday qoldiq evaziga keshbek beramiz — hatto hisobingizda 1 so‘m bo‘lsa ham.

Balansingizdagi pul doim o‘zingizning ixtiyoringizda bo‘ladi. Istalgan vaqtda pulingizni xaridlarga sarflashingiz, yaqinlaringizga o‘tkazishingiz yoki bankomatdan naqd pul ko‘rinishida yechishingiz mumkin.

Olingan keshbekni siz ikki karraga ko‘paytirishingiz mumkin: Humans’ga ulanmagan do‘stingizga taklif jo‘nating. Do‘stingiz barcha shartlarni bajarganidan keyin ikki baravar ko‘proq keshbek oling.

Aksiya shartlari.

Keshbekni yana qanday olish va uni nimalarga sarflash mumkin?

SIM-karta buyurtma qilish